Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
“Me’mor” mahallasida xotin-qizlar faoli faoliyati o‘rganildi
янв.21
Mahallada hokim yordamchisi faoliyati o‘rganildi
янв.21
“Me’mor” mahallasida hokim yordamchisi faoliyati o‘rganildi
янв.21
Mahallada ijtimoiy xizmatlar holati o‘rganildi
янв.21
Deputatlik nazorati doirasida hududdagi xavfli daraxt holati o‘rganildi
янв.21
Deputatlik nazorati doirasida fuqarolar murojaati joyida o‘rganildi
янв.21
Deputatlik nazorati natijasida “Matonat” mahallasidagi yashil hududdagi muammo bartaraf etildi
янв.21
“Orzu” mahallasida huquqbuzarliklar profilaktikasi borasida ijobiy natijalar
янв.21
Umid qo‘rg‘oni hududida piyodalar yo‘lakchasi holati o‘rganildi
янв.21
Umid MFY I. Karimov ko‘chasidagi daraxt holati o‘rganildi
Deputatlik nazorati doirasida hududdagi xavfli daraxt holati o‘rganildi

Deputatlik nazorati doirasida hududdagi xavfli daraxt holati o‘rganildi

Xalq deputatlari Navoiy shahar Kengashi deputati Abror Abduganiyev xizmat safarida bo‘lganligi sababli, belgilangan reja-grafikka muvofiq Xalq deputatlari Navoiy shahar Kengashi kotibiyati bosh mutaxassisi M. Astanova tomonidan deputatlik nazorati doirasida joyiga chiqib o‘rganish ishlari olib borildi.

O‘rganish davomida G‘alaba ko‘chasi, 101-uy oldida joylashgan daraxtning yirik shoxi sinib, osilib qolganligi aniqlandi. Mazkur holat hududda istiqomat qiluvchi fuqarolar, piyodalar hamda transport vositalari uchun jiddiy xavf tug‘dirishi mumkin.

Shu munosabat bilan mutasaddi tashkilotlarga xavfli daraxt shoxini zudlik bilan bartaraf etish, hudud xavfsizligini ta'minlash hamda kelgusida shunga o‘xshash holatlarning oldini olish yuzasidan tegishli choralar ko‘rish bo‘yicha tavsiyalar berildi.

Deputatlik nazorati doirasida aholi murojaatlari va hududlarda aniqlanayotgan muammolarni o‘z vaqtida o‘rganish hamda ularning yechimini ta'minlash bo‘yicha ishlar izchil davom ettiriladi.

Slide 1 of 2