Xalq deputatlari Bo‘stonliq tumani Kengashining 2026-yilga mo‘ljallangan Ish rejasiga muvofiq O‘zbekiston “Adolat” sotsial-demokratik partiyasidan saylangan deputat M.Ashurov tomonidan tuman markazida barpo etilayotgan “Bog‘i Eram” istirohat bog‘ida amalga oshirilayotgan qurilish ishlarining borishi yuzasidan o‘rganish o‘tkazildi.
🔺O‘rganish davomida bog‘ hududida olib borilayotgan qurilish-montaj ishlari, obodonlashtirish tadbirlari, piyodalar yo‘laklari, yoritish tizimlari, bolalar o‘yin maydonchalari va aholining madaniy hordiq chiqarishi uchun yaratilayotgan shart-sharoitlar bilan yaqindan tanishildi. Loyiha doirasida bajarilayotgan ishlar sifati, qurilish materiallarining talab darajasida qo‘llanilishi hamda obyektni belgilangan muddatlarda foydalanishga topshirish masalalari muhokama qilindi.
🔺Shuningdek, deputat tomonidan mazkur hududdan maktabga olib boruvchi piyodalar yo‘lagi ham ko‘zdan kechirildi. O‘quvchilarning xavfsiz harakatlanishi uchun yaratilgan sharoitlar, yo‘lakning texnik holati, obodonlashtirish ishlari hamda yo‘l harakati xavfsizligini ta’minlashga qaratilgan chora-tadbirlar o‘rganildi. Aniqlangan ayrim kamchiliklar yuzasidan mas’ul tashkilotlar va mutasaddilarga tegishli tavsiyalar hamda ko‘rsatmalar berildi.