Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
“Me’mor” mahallasida xotin-qizlar faoli faoliyati o‘rganildi
янв.21
Mahallada hokim yordamchisi faoliyati o‘rganildi
янв.21
“Me’mor” mahallasida hokim yordamchisi faoliyati o‘rganildi
янв.21
Mahallada ijtimoiy xizmatlar holati o‘rganildi
янв.21
Deputatlik nazorati doirasida hududdagi xavfli daraxt holati o‘rganildi
янв.21
Deputatlik nazorati doirasida fuqarolar murojaati joyida o‘rganildi
янв.21
Deputatlik nazorati natijasida “Matonat” mahallasidagi yashil hududdagi muammo bartaraf etildi
янв.21
“Orzu” mahallasida huquqbuzarliklar profilaktikasi borasida ijobiy natijalar
янв.21
Umid qo‘rg‘oni hududida piyodalar yo‘lakchasi holati o‘rganildi
янв.21
Umid MFY I. Karimov ko‘chasidagi daraxt holati o‘rganildi
👮 Profilaktika inspektori faoliyati o‘rganildi

📖 O‘zbekiston Respublikasining "Huquqbuzarliklar profilaktikasi to‘g‘risida"gi Qonuni (O‘RQ–371) ijrosi yuzasidan Xalq deputatlari Shovot tumani Kengashi deputati A.Kalandarov tomonidan o‘z saylov okrugidagi Bo‘ston mahallasi profilaktika inspektori I.Jumanovning faoliyati o‘rganildi.
🤝 O‘rganishda kotibiyat mudiri I.Masharipov hamda kotibiyat xodimi U.Ruzmetov ishtirok etdi.
🔎 O‘rganish davomida Bo‘ston mahallasidagi kriminogen vaziyat, huquqbuzarliklar profilaktikasi bo‘yicha amalga oshirilayotgan ishlar hamda jamoat xavfsizligini ta’minlash borasidagi chora-tadbirlar tahlil qilindi.
📊 Ma’lum qilinishicha, bugungi kunda Bo‘ston mahallasi "yashil hudud" toifasiga kiradi. Mahallada 1 nafar fuqaro probatsiya hisobida, 11 nafar fuqaro profilaktik hisobda turibdi.
🎥 Shuningdek, mahalla hududida o‘rnatilgan 17 ta kuzatuv kamerasi to‘liq ishchi holatda bo‘lib, jamoat tartibini saqlash va huquqbuzarliklarning oldini olishga xizmat qilmoqda.
✅ O‘rganish yakunida huquqbuzarliklar profilaktikasi bo‘yicha amalga oshirilayotgan ishlarni izchil davom ettirish hamda jamoat xavfsizligini yanada mustahkamlash yuzasidan tegishli tavsiyalar berildi.

Slide 1 of 3