Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
“Me’mor” mahallasida xotin-qizlar faoli faoliyati o‘rganildi
янв.21
Mahallada hokim yordamchisi faoliyati o‘rganildi
янв.21
“Me’mor” mahallasida hokim yordamchisi faoliyati o‘rganildi
янв.21
Mahallada ijtimoiy xizmatlar holati o‘rganildi
янв.21
Deputatlik nazorati doirasida hududdagi xavfli daraxt holati o‘rganildi
янв.21
Deputatlik nazorati doirasida fuqarolar murojaati joyida o‘rganildi
янв.21
Deputatlik nazorati natijasida “Matonat” mahallasidagi yashil hududdagi muammo bartaraf etildi
янв.21
“Orzu” mahallasida huquqbuzarliklar profilaktikasi borasida ijobiy natijalar
янв.21
Umid qo‘rg‘oni hududida piyodalar yo‘lakchasi holati o‘rganildi
янв.21
Umid MFY I. Karimov ko‘chasidagi daraxt holati o‘rganildi
Senator Yalpi majlisda ko'rib chiqilgan masalalar yuzasidan deputatlarga targ'ibot o'tkazdi.

Senator Yalpi majlisda ko'rib chiqilgan masalalar yuzasidan deputatlarga targ'ibot o'tkazdi.

Samarqand viloyatiga xizmat safari doirasida Oliy Majlis Senatining Mudofaa va xavfsizlik masalalari qo‘mitasi raisi o‘rinbosari B.Abdullayev Xalq deputatlari viloyat Kengashining Sessiyada ishtirok etdi.

✅Senator B.Abdullayev tomonidan Xalq deputatlari Samarqand viloyati Kengashi sessiyasida O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining 16-yalpi majlisida ko‘rib chiqilgan masalalar yuzasidan deputatlarga batafsil axborot berildi.

✍️Unda sud hokimiyatining mustaqilligini ta’minlash, korrupsiyaga qarshi kurashish, fuqarolarning tinch va osoyishta hayot kechirish huquqini himoya qilish kabi dolzarb yo‘nalishlarga alohida e’tibor qaratilgani ta’kidlandi.

✍️Ayniqsa, sudlarning mustaqil faoliyat yuritishi uchun zarur huquqiy va moliyaviy sharoitlarni yaratishga qaratilgan qonunlarning qabul qilinayotgani odil sudlov sifatini oshirishda muhim qadam bo‘lishi qayd etildi.

👍Shuningdek, aholini shovqinning zararli ta’siridan himoya qilish, korrupsiyaviy jinoyatlar uchun javobgarlikni kuchaytirish hamda iqtisodiy sohada yangi imkoniyatlarni yaratishga qaratilgan huquqiy mexanizmlar haqida ma’lumot berildi.

Slide 1 of 4