Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
“Farovon” MFYda xotin-qizlar faoli faoliyati o‘rganildi
янв.21
Deputat nazorati natijasida ijobiy masala o‘z yechimini topdi
янв.21
“Janubiy” MFYda “mahalla yettiligi” faoliyati o‘rganildi
янв.21
“Janubiy” MFY hududida yoritish tizimi holati o‘rganildi
янв.21
“Janubiy” MFY hududida ochiq kanalizatsiya quduqlari holati o‘rganildi
янв.21
“Janubiy” MFY hududida ko‘kalamzorlashtirish va xavfsizlik holati o‘rganildi
янв.21
“Janubiy” MFYda yoshlar yetakchisi faoliyati o‘rganildi
янв.21
“Janubiy” MFYda hokim yordamchisi faoliyati o‘rganildi
янв.21
“Janubiy” MFY raisining faoliyati o‘rganildi
янв.21
“Yangiobod” mahallasida uchastka noziri faoliyati o‘rganildi
Deputat nazoratida Sport infratuzilmasini rivojlantirish masalalari o‘rganildi.

Deputat nazoratida Sport infratuzilmasini rivojlantirish masalalari o‘rganildi.

Xalq deputatlari Angor tumani Kengashi 19-Farovon saylov okrugi deputati Raxima Mamatmirzayeva tomonidan Farovon mahallasida joylashgan 24-sonli umumta’lim maktabida sport infratuzilmasini rivojlantirish masalalari yuzasidan o‘rganish ishlari olib borildi.

O‘rganish davomida maktab hududida zamonaviy chimli futbol stadioni hamda sport zalini yangidan barpo etish uchun ajratilishi rejalashtirilayotgan yer maydoni ko‘zdan kechirildi. Shuningdek, loyiha tashkiloti mutaxassislari bilan birgalikda qurilish obyektlarini joylashtirish, hududning mavjud holati hamda qurilish uchun zarur shart-sharoitlar muhokama qilindi.
Mazkur tashabbus yoshlarning sport bilan muntazam shug‘ullanishi, ularning bo‘sh vaqtini mazmunli tashkil etish hamda sog‘lom turmush tarzini keng targ‘ib etishga xizmat qiladi.

Yoshlar uchun zamonaviy sport infratuzilmasini yaratish, ularning jismoniy faolligini oshirish va sportga bo‘lgan qiziqishini qo‘llab-quvvatlash deputatlik faoliyatining ustuvor yo‘nalishlaridan biri bo‘lib qolmoqda.

Slide 1 of 1