Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
“Me’mor” mahallasida xotin-qizlar faoli faoliyati o‘rganildi
янв.21
Mahallada hokim yordamchisi faoliyati o‘rganildi
янв.21
“Me’mor” mahallasida hokim yordamchisi faoliyati o‘rganildi
янв.21
Mahallada ijtimoiy xizmatlar holati o‘rganildi
янв.21
Deputatlik nazorati doirasida hududdagi xavfli daraxt holati o‘rganildi
янв.21
Deputatlik nazorati doirasida fuqarolar murojaati joyida o‘rganildi
янв.21
Deputatlik nazorati natijasida “Matonat” mahallasidagi yashil hududdagi muammo bartaraf etildi
янв.21
“Orzu” mahallasida huquqbuzarliklar profilaktikasi borasida ijobiy natijalar
янв.21
Umid qo‘rg‘oni hududida piyodalar yo‘lakchasi holati o‘rganildi
янв.21
Umid MFY I. Karimov ko‘chasidagi daraxt holati o‘rganildi
Kengash_faoliyati

#24_ta_masala
#DEPUTATLIK_NAZORATI

Gulbog' mahallasida oilaviy tadbirkorlik, bandlik va huquqbuzarliklar profilaktikasi o‘rganildi

✅Xalq deputatlari Bandixon tumani Kengashi tomonidan Oliy Majlis Senati tavsiyasiga muvofiq mahalliy Kengash deputatlari faoliyatining eng muhim 24 ta yo‘nalishi doirasida joylarda o‘rganish va nazorat-tahlil tadbirlari izchil davom ettirilmoqda.

✅Jumladan, deputatlarga biriktirilgan qonunlar taqsimoti doirasida ishlab chiqilgan savolnomalar asosida O‘zbekiston Respublikasining “Oilaviy tadbirkorlik to‘g‘risida”gi Qonuni ijrosi yuzasidan amaliy o‘rganish ishlari tashkil etildi.

✅Shu maqsadda Xalq deputatlari Bandixon tumani deputat Xolmatov Isoqul Amandavlatovich tumandagi “Gulbog'” mahallasiga tashrif buyurib, hududda aholi bandligini ta’minlash, oilaviy tadbirkorlikni rivojlantirish va fuqarolar daromadlarini oshirish borasida amalga oshirilayotgan ishlar bilan yaqindan tanishdilar.

✅O‘rganish davomida mahalladagi hokim yordamchisi faoliyati samaradorligi, xususan, aholini kambag‘allikdan chiqarish, doimiy daromad manbalarini yaratish, oilaviy tadbirkorlik loyihalarini qo‘llab-quvvatlash, imtiyozli kreditlar va subsidiya dasturlaridan foydalanish holati tahlil qilindi.

✅Xususan, huquqbuzarliklar va jinoyatchilikning oldini olish, ayniqsa “qizil” va “sariq” toifadagi hududlarda jinoyatchilikni kamaytirish yuzasidan profilaktika inspektori, mahalla faollari hamda mutasaddi tashkilotlar tomonidan olib borilayotgan ishlar o‘rganildi.

✅Mas’ullar bilan o‘tkazilgan suhbatlarda huquqbuzarliklarning oldini olish, yoshlar bilan manzilli ishlash, ijtimoiy muammolarni o‘z vaqtida aniqlash hamda aholini tadbirkorlikka keng jalb etish orqali jinoyatchilik omillarini kamaytirish masalalariga alohida e’tibor qaratildi.

✅O‘rganish yakunlari bo‘yicha aniqlangan holatlar yuzasidan tegishli tavsiyalar berilib, mavjud muammolarni bartaraf etish va qonun hujjatlari ijrosini ta’minlash bo‘yicha zarur choralar belgilab olindi.

Slide 1 of 2