Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
KQ-35-V-sonli qaror ijrosi yuzasidan mahalla yettiligi bilan uchrashuv o‘tkazildi
янв.21
Istiqlol mahallasi raisi faoliyati o‘rganildi
янв.21
Fuqarolik holati dalolatnomalarini yozish (FHDY) bo‘limi faoliyati o‘rganildi
янв.21
Axborot-resurs markazi faoliyati o‘rganildi
янв.21
“Yoshlar oyligi” doirasida sog‘lom turmush tarziga bag‘ishlangan tadbir o‘tkazildi
янв.21
“Kibermakonda xavfsizlik” mavzusida profilaktik tadbir o‘tkazildi
янв.21
G‘alaba shoh ko‘chasida aniqlangan holat joyida bartaraf etildi
янв.21
Zarafshon mahallasida obodonlashtirish va infratuzilmani yaxshilash bo‘yicha ishlar olib borildi
янв.21
Nizomiy ko‘chasida aniqlangan nosozlik yuzasidan o‘rganish ishlari olib borildi
янв.21
Amir Temur ko‘chasida chiqindi to‘planishi holati o‘rganildi
Xalq deputatlari Nurobod tuman Kengashi faoliyati va joylashgan binosi ko‘zdan kechirildi

Xalq deputatlari Nurobod tuman Kengashi faoliyati va joylashgan binosi ko‘zdan kechirildi

♾Xalq deputatlari Nurobod tumani Kengashida Xalq deputatlari Samarqand viloyati Kengashi kotibiyati mudiri S.Usmonov ishtirokida tuman Kengashi kotibiyati xodimlarining ish faoliyati, hujjatlar bilan ishlash tizimi hamda xodimlarga yaratilgan shart-sharoitlarni o‘rganishga bag‘ishlangan uchrashuv bo‘lib o‘tdi.

✅O‘rganish davomida tuman Kengashi kotibiyati tomonidan yuritilayotgan ish hujjatlari, deputatlik faoliyatini tashkiliy ta’minlash, doimiy komissiyalar faoliyati, jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari bilan ishlash, Kengash qarorlari ijrosi yuzasidan nazorat tizimi hamda sessiyalarga tayyorgarlik ko‘rish jarayonlari atroflicha ko‘rib chiqildi.

✅Shuningdek, S. Usmonov tomonidan Kengash kotibiyati xodimlari faoliyati tahlil qilinib, aniqlangan ayrim kamchiliklarni bartaraf etish, ish hujjatlarini yuritishni yanada takomillashtirish, ijro intizomini mustahkamlash va faoliyat samaradorligini oshirish yuzasidan tegishli tavsiya va takliflar berildi.

➡️Uchrashuv davomida xalq deputatlari tuman Kengashi sessiyalari kun tartibiga kiritilishi rejalashtirilayotgan mas’ul rahbarlarning muhim hisobot va axborotlari yuzasidan deputatlar tomonidan o‘z saylov okruglarida chuqur o‘rganishlar olib borish zarurligi alohida ta’kidlandi.

➡️Deputatlar hududlardagi mavjud muammolar, aholini qiynayotgan masalalar hamda qabul qilingan qarorlarning amaliy natijalarini o‘rganish orqali sessiyalarda muhokama etiladigan masalalar bo‘yicha asoslangan taklif va tavsiyalar ishlab chiqishlari lozimligi qayd etildi.

➡️Bundan tashqari, xalq deputatlari Nurobod tumani Kengashi tomonidan qabul qilingan qarorlar ijrosi ustidan deputatlik nazoratini yanada kuchaytirish, doimiy komissiyalar faoliyati samaradorligini oshirish hamda qabul qilingan qarorlarning joylardagi ijrosini tizimli monitoring qilib borish yuzasidan aniq vazifalar belgilab berildi.

➡️Shuningdek, Xalq deputatlari Nurobod tumani Kengashi huzuridagi Yoshlar maslahat guruhi hamda Xalq deputatlari Nurobod tumani Kengashi huzuridagi Ekspert guruhi a’zolarini Kengashning doimiy komissiyalari yig‘ilishlariga, deputatlarning hududlardagi o‘rganishlariga va boshqa muhim tadbirlarga keng jalb etish, ularning taklif va tashabbuslaridan samarali foydalanish bo‘yicha tegishli topshiriqlar berildi.

✅Yakunda tuman Kengashi faoliyatini yanada takomillashtirish, deputatlik nazoratini kuchaytirish, hujjatlar bilan ishlash sifatini oshirish hamda Kengashning jamoatchilik bilan hamkorligini yanada mustahkamlash yuzasidan kelgusidagi ustuvor vazifalar belgilab olindi.

Slide 1 of 5