Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
“Farovon” MFYda xotin-qizlar faoli faoliyati o‘rganildi
янв.21
Deputat nazorati natijasida ijobiy masala o‘z yechimini topdi
янв.21
“Janubiy” MFYda “mahalla yettiligi” faoliyati o‘rganildi
янв.21
“Janubiy” MFY hududida yoritish tizimi holati o‘rganildi
янв.21
“Janubiy” MFY hududida ochiq kanalizatsiya quduqlari holati o‘rganildi
янв.21
“Janubiy” MFY hududida ko‘kalamzorlashtirish va xavfsizlik holati o‘rganildi
янв.21
“Janubiy” MFYda yoshlar yetakchisi faoliyati o‘rganildi
янв.21
“Janubiy” MFYda hokim yordamchisi faoliyati o‘rganildi
янв.21
“Janubiy” MFY raisining faoliyati o‘rganildi
янв.21
“Yangiobod” mahallasida uchastka noziri faoliyati o‘rganildi
#huquqiy_axborot_soati 🇺🇿 Xalq deputatlari viloyat, tuman va shahar Kengashi deputatlarining namunaviy odob-axloq qoidalaridan:

Deputatlar o‘rtasidagi munosabatlar jins, millat, til, din, ijtimoiy kelib chiqish, e’tiqod, shaxsiy xususiyatlar, ijtimoiy mavqe va siyosiy qarashlardan qat’i nazar teng huquqlilik va o‘zaro hurmat asosida qurilishi zarur.

🔴Har bir deputat boshqa deputatlarning kasbiy yoki shaxsiy fazilatlarini ochiqchasiga shubha ostiga qo‘ymasligi kerak.

🔴 Deputat xizmatdan tashqari vaqtda ham o‘zining sha’ni, qadr-qimmati, ishchanlik obro‘si hamda Kengash nufuziga putur yetkazadigan, deputatlik vakolatlarini suiiste’mol qilish deb baholanishi mumkin bo‘lgan har qanday harakatlardan tiyilishi lozim. Jumladan:

🟢jamoat joylarida (kafe, restoran va boshqa ko‘ngilochar maskanlarda) odob qoidalariga amal qilishi, salbiy va ortiqcha e’tiborni tortuvchi harakatlarga yo‘l qo‘ymasligi;

🟢dabdabachilik, shuhratparastlik, guruhparastlik, maishatbozlik, ichkilikbozlik va boshqa salbiy illatlardan chetda bo‘lishi;

🟢jamoat tartibi va xavfsizligiga qarshi yo‘naltirilgan harakatlarga aralashmasligi hamda boshqalarni noqonuniy harakatlarga undamasligi shart.

🔴Shaxsiy munosabatlarda deputat halol, kamtar va xushmuomala bo‘lishi, hech kimga nisbatan qo‘pol munosabatda bo‘lmasligi zarur.

🔴Kundalik hayotda odob me’yorlariga rioya qilish deputatning ajralmas burchidir. U kiyinish uslubida sipo va kamtarona bo‘lishga intilishi lozim.