Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
“Farovon” MFYda xotin-qizlar faoli faoliyati o‘rganildi
янв.21
Deputat nazorati natijasida ijobiy masala o‘z yechimini topdi
янв.21
“Janubiy” MFYda “mahalla yettiligi” faoliyati o‘rganildi
янв.21
“Janubiy” MFY hududida yoritish tizimi holati o‘rganildi
янв.21
“Janubiy” MFY hududida ochiq kanalizatsiya quduqlari holati o‘rganildi
янв.21
“Janubiy” MFY hududida ko‘kalamzorlashtirish va xavfsizlik holati o‘rganildi
янв.21
“Janubiy” MFYda yoshlar yetakchisi faoliyati o‘rganildi
янв.21
“Janubiy” MFYda hokim yordamchisi faoliyati o‘rganildi
янв.21
“Janubiy” MFY raisining faoliyati o‘rganildi
янв.21
“Yangiobod” mahallasida uchastka noziri faoliyati o‘rganildi
MAHALLADAGI YOSHLAR BILAN ISHLASH HOLATI O‘RGANILDI.

Xalq deputatlari Parkent tuman Kengashiga 9-“Qo‘rg‘on” saylov okrugidan saylangan deputat To‘ychiyev Naimjon Yusupovich o‘zi saylangan hududdagi “Qo‘rg‘on” mahallasida bo‘lib, mahalladagi yoshlar bilan ishlash
tizimi hamda yoshlar yetakchisi tomonidan amalga oshirilayotgan ishlar bilan tanishdi.O‘rganish davomida yoshlar yetakchisi faoliyati,yoshlar bandligini ta’minlash, ularni kasb-hunarga yo‘naltirish va bo‘sh vaqtini mazmunli tashkil etish borasida amalga oshirilayotgan ishlar ko‘rib chiqildi. Shuningdek, “Yoshlar daftari”ga kiritilgan yoshlarga ko‘rsatilayotgan amaliy yordamlar, o‘tkazilgan tadbirlar hamda erishilgan natijalar yuzasidan ma’lumotlar olindi.Bildirilishicha, joriy yil boshidan buyon mahalladagi 9 nafar yosh doimiy ish bilan ta’minlangan. Bundan tashqari, 3 nafar yoshga o‘z tadbirkorlik faoliyatini boshlashi uchun imtiyozli kredit ajratilgan.O‘rganish yakunida yoshlar bilan ishlash samaradorligini yanada oshirish, ularning bandligini ta’minlash va tashabbuslarini qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha tegishli tavsiyalar berildi.
  

Slide 1 of 1