Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
“Farovon” MFYda xotin-qizlar faoli faoliyati o‘rganildi
янв.21
Deputat nazorati natijasida ijobiy masala o‘z yechimini topdi
янв.21
“Janubiy” MFYda “mahalla yettiligi” faoliyati o‘rganildi
янв.21
“Janubiy” MFY hududida yoritish tizimi holati o‘rganildi
янв.21
“Janubiy” MFY hududida ochiq kanalizatsiya quduqlari holati o‘rganildi
янв.21
“Janubiy” MFY hududida ko‘kalamzorlashtirish va xavfsizlik holati o‘rganildi
янв.21
“Janubiy” MFYda yoshlar yetakchisi faoliyati o‘rganildi
янв.21
“Janubiy” MFYda hokim yordamchisi faoliyati o‘rganildi
янв.21
“Janubiy” MFY raisining faoliyati o‘rganildi
янв.21
“Yangiobod” mahallasida uchastka noziri faoliyati o‘rganildi
Deputat fuqarolar murojaatlarini o‘rgandi

Xalq deputatlari Nurobod tumani Kengashi deputati N.Murodova tomonidan tumandagi Buloqboshi mahallasida istiqomat qiluvchi fuqarolarning murojaatlari yuzasidan joyiga chiqqan holda o‘rganish ishlari olib borildi.

➡️O‘rganish davomida mahalla aholisini qiynab kelayotgan ijtimoiy, kommunal va infratuzilmaga oid masalalar yuzasidan fuqarolar bilan ochiq muloqot o‘tkazildi. Murojaatlarda ko‘tarilgan masalalarning mazmun-mohiyati atroflicha o‘rganilib, ularni hal etish yuzasidan tegishli tashkilot va mas’ul idoralar vakillari bilan muhokamalar olib borildi.

➡️Deputat N.Murodova tomonidan har bir murojaatga alohida e’tibor qaratilib, amaldagi qonunchilik hujjatlari hamda belgilangan tartib-taomillar asosida fuqarolarga batafsil huquqiy tushuntirishlar berildi. Shuningdek, murojaatlarning ijobiy yechim topishi, mavjud muammolarni bartaraf etish hamda tegishli choralarni ko‘rish yuzasidan mas’ullarga tegishli tavsiya va takliflar bildirildi.

➡️Uchrashuv davomida fuqarolar tomonidan bildirilgan muammo va takliflar nazoratga olinib, ularning ijrosini ta’minlash maqsadida mas’ul tashkilotlar bilan hamkorlikda zarur chora-tadbirlar belgilandi.

➡️Xalq deputatlari Nurobod tumani Kengashi deputatlari tomonidan joylarda aholi bilan muloqot qilish, fuqarolar murojaatlarini o‘z vaqtida o‘rganish va ularning qonuniy manfaatlarini ta’minlash borasidagi ishlar izchil davom ettirilmoqda. Mazkur faoliyat aholi muammolarini o‘z vaqtida aniqlash, ularni bartaraf etish hamda xalq bilan ochiq muloqotni yanada mustahkamlashga xizmat qilmoqda.

Slide 1 of 2