Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
“Farovon” MFYda xotin-qizlar faoli faoliyati o‘rganildi
янв.21
Deputat nazorati natijasida ijobiy masala o‘z yechimini topdi
янв.21
“Janubiy” MFYda “mahalla yettiligi” faoliyati o‘rganildi
янв.21
“Janubiy” MFY hududida yoritish tizimi holati o‘rganildi
янв.21
“Janubiy” MFY hududida ochiq kanalizatsiya quduqlari holati o‘rganildi
янв.21
“Janubiy” MFY hududida ko‘kalamzorlashtirish va xavfsizlik holati o‘rganildi
янв.21
“Janubiy” MFYda yoshlar yetakchisi faoliyati o‘rganildi
янв.21
“Janubiy” MFYda hokim yordamchisi faoliyati o‘rganildi
янв.21
“Janubiy” MFY raisining faoliyati o‘rganildi
янв.21
“Yangiobod” mahallasida uchastka noziri faoliyati o‘rganildi
#doimiy_komissiya ISHTIXON TUMANIDA “DOLZARB 90 KUN” DASTURI MUHOKAMA QILINDI

Xalq deputatlari Ishtixon tumani Kengashining Ijtimoiy soha, yoshlar siyosati, madaniyat va sport masalalari bo‘yicha doimiy komissiyasining navbatdagi yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi.

Unda yoshlar uchun yozgi ta’til davrini mazmunli va samarali tashkil etishga qaratilgan “Dolzarb 90 kun” dasturining ijrosi, amalga oshiriladigan tadbirlar hamda kutilayotgan natijalar muhokama qilindi.

Ta’kidlanganidek, joriy yil yoz mavsumida tumanning 62 ta mahallasi, 98 ta umumta’lim maktabi, “Kelajak markazi”, texnikumlar hamda madaniyat va sport muassasalarida yoshlarning bo‘sh vaqtini mazmunli tashkil etishga qaratilgan keng qamrovli tadbirlar o‘tkaziladi.

Yig‘ilish davomida dastur doirasida yoshlar bandligini ta’minlash, ularni kasb-hunarga o‘rgatish, sport va madaniy tadbirlarga keng jalb etish bo‘yicha mas’ul tashkilotlarning vazifalari belgilab olindi.

Muhokama yakunida mazkur masalani Xalq deputatlari Ishtixon tumani Kengashining navbatdagi sessiyasi muhokamasiga kiritish yuzasidan tegishli qaror qabul qilindi.

Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating:
Telegramm | Web-sayt | Facebook | Instagram

Slide 1 of 1