Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
“Farovon” MFYda xotin-qizlar faoli faoliyati o‘rganildi
янв.21
Deputat nazorati natijasida ijobiy masala o‘z yechimini topdi
янв.21
“Janubiy” MFYda “mahalla yettiligi” faoliyati o‘rganildi
янв.21
“Janubiy” MFY hududida yoritish tizimi holati o‘rganildi
янв.21
“Janubiy” MFY hududida ochiq kanalizatsiya quduqlari holati o‘rganildi
янв.21
“Janubiy” MFY hududida ko‘kalamzorlashtirish va xavfsizlik holati o‘rganildi
янв.21
“Janubiy” MFYda yoshlar yetakchisi faoliyati o‘rganildi
янв.21
“Janubiy” MFYda hokim yordamchisi faoliyati o‘rganildi
янв.21
“Janubiy” MFY raisining faoliyati o‘rganildi
янв.21
“Yangiobod” mahallasida uchastka noziri faoliyati o‘rganildi
Turkiston ko‘chasida 24/7 xizmat ko‘rsatish loyihasi yuzasidan o‘rganish o‘tkazildi

Xalq deputatlari Qo‘qon shahar Kengashining “Mahalliy budjet, tadbirkorlikni rivojlantirish va iqtisodiy islohotlar masalalari bo‘yicha” doimiy komissiyasi a’zolari — deputatlar O‘.Maxmudov, X.Abdullayev, Qo‘qon shahar Iqtisodiyot va moliya bo‘limi mutaxassisi E.Madaminov hamda hokim yordamchisi N.Komiljonov tomonidan shahar Kengashining navbatdagi sessiyasi kun tartibiga kiritilgan masala yuzasidan joyiga chiqib o‘rganish ishlari olib borildi.

O‘rganish davomida “Olmazor tajribasi” asosida Qo‘qon shahrini ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirishga qaratilgan kompleks chora-tadbirlar rejasi ijrosi tahlil qilindi.

Xususan, mazkur dastur doirasida Turkiston ko‘chasini 24/7 xizmat ko‘rsatish hududiga aylantirish loyihasini amalga oshirish uchun zarur infratuzilmani yaxshilash masalalari joyida o‘rganildi.

Mutasaddilar tomonidan hududning mavjud holati, muhandislik-kommunikatsiya tarmoqlari, yo‘l va piyodalar infratuzilmasi, tadbirkorlik faoliyatini kengaytirish imkoniyatlari hamda aholiga qulay xizmat ko‘rsatish muhitini yaratish bo‘yicha amalga oshirilishi lozim bo‘lgan ishlar ko‘rib chiqildi.

Shuningdek, loyiha doirasida yangi ish o‘rinlari yaratish, savdo va xizmat ko‘rsatish obyektlari faoliyatini kengaytirish, hududning iqtisodiy jozibadorligini oshirish hamda zamonaviy shahar muhitini shakllantirish masalalari yuzasidan fikr almashildi.

O‘rganish yakunida mas’ullarga loyihaning samarali amalga oshirilishini ta’minlash, infratuzilma bilan bog‘liq muammolarni bartaraf etish va belgilangan vazifalarni o‘z vaqtida bajarish yuzasidan tegishli tavsiyalar berildi.

Xalq deputatlari Qo‘qon shahar Kengashi

Slide 1 of 5