Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Joriy yilning 4-may kuni xalq deputatlari Navoiy shahar Kengashi deputati A. Mirzayev tomonidan Navoiy shahrining Binokor mahallasida hokim yordamchisining faoliyati o‘rganildi.
янв.21
Navoiy davlat universitetida antikorrupsiyaga bag‘ishlangan davra suhbati bo‘lib o‘tdi
янв.21
NAVOIY SHAHRIDA FXDYO ORGANLARI FAOLIYATI O‘RGANILDI
янв.21
RAHBARLAR HISOBOTI TINGLANDI
янв.21
O‘RGANISH ISHLARI OLIB BORILDI
янв.21
Deputat so‘rovi natija berdi
янв.21
QURILISH ISHLARI O‘RGANILDI
янв.21
"TASHABBUSLI BUDJET" LOYIHALARI O‘RGANILDI
янв.21
AHOLI MUAMMOLARI O‘RGANILDI
янв.21
Navoiy shahar “Istiqlol” MFYda ijtimoiy xizmatlar holati o‘rganildiNavoiy shahar “Istiqlol” MFYda ijtimoiy xizmatlar holati o‘rganildi
Navoiy davlat universitetida antikorrupsiyaga bag‘ishlangan davra suhbati bo‘lib o‘tdi

Navoiy davlat universitetida antikorrupsiyaga bag‘ishlangan davra suhbati bo‘lib o‘tdi

Navoiy davlat universiteti rektori, Xalq deputatlari Navoiy shahar Kengashi deputati Muxiddin Kalonov boshchiligida korrupsiyaga qarshi kurashish, jamiyatda halollik va shaffoflik muhitini mustahkamlash masalalariga bag‘ishlangan davra suhbati tashkil etildi. Mazkur tadbirda “Antikorrupsiya monitoring guruhi” hamda “Talaba-yoshlar klubi” a’zolari faol ishtirok etib, dolzarb mavzular yuzasidan o‘z fikr-mulohazalarini bildirdilar.

Davra suhbatida “Komplayens nazorat” tizimini boshqarish bo‘limi xodimlari, “Antikorrupsiya monitoring guruhi” vakillari hamda talaba-yoshlar ishtirok etdi. Tadbir davomida korrupsiyaga qarshi kurashishning huquqiy asoslari, bu borada amalga oshirilayotgan islohotlar va ularning ahamiyati atroflicha muhokama qilindi.

Shuningdek, universitetda korrupsiyaning oldini olish, ochiqlik va shaffoflikni ta’minlash borasida olib borilayotgan amaliy ishlar haqida ma’lumot berildi. Talabalar tomonidan bildirilgan taklif va tashabbuslar tinglanib, ularni qo‘llab-quvvatlash muhim ekani ta’kidlandi. Ayniqsa, ta’lim jarayonida korrupsiyaning har qanday ko‘rinishiga nisbatan murosasiz munosabatda bo‘lish, halollik tamoyillariga qat’iy amal qilish zarurligi alohida qayd etildi.

Tadbir yakunida yoshlarda huquqiy ong va madaniyatni yuksaltirish, ularni korrupsiyaga qarshi kurashish jarayonlariga faol jalb etish, shuningdek, sog‘lom va adolatli muhitni shakllantirish bugungi kunning eng muhim vazifalaridan biri ekani ta’kidlandi. Mazkur davra suhbati talaba-yoshlar ongida korrupsiyaga qarshi qat’iy pozitsiyani shakllantirishda muhim ahamiyat kasb etdi.

Slide 1 of 4