Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Joriy yilning 4-may kuni xalq deputatlari Navoiy shahar Kengashi deputati A. Mirzayev tomonidan Navoiy shahrining Binokor mahallasida hokim yordamchisining faoliyati o‘rganildi.
янв.21
Navoiy davlat universitetida antikorrupsiyaga bag‘ishlangan davra suhbati bo‘lib o‘tdi
янв.21
NAVOIY SHAHRIDA FXDYO ORGANLARI FAOLIYATI O‘RGANILDI
янв.21
RAHBARLAR HISOBOTI TINGLANDI
янв.21
O‘RGANISH ISHLARI OLIB BORILDI
янв.21
Deputat so‘rovi natija berdi
янв.21
QURILISH ISHLARI O‘RGANILDI
янв.21
"TASHABBUSLI BUDJET" LOYIHALARI O‘RGANILDI
янв.21
AHOLI MUAMMOLARI O‘RGANILDI
янв.21
Navoiy shahar “Istiqlol” MFYda ijtimoiy xizmatlar holati o‘rganildiNavoiy shahar “Istiqlol” MFYda ijtimoiy xizmatlar holati o‘rganildi
Mahallalarda aholi bilan ochiq muloqot o‘tkazildi

Mahallalarda aholi bilan ochiq muloqot o‘tkazildi

Xalq deputatlari Yunusobod tuman Kengashi deputati Natalya Voropayeva tomonidan “Yangibog‘” hamda “Yunus-ota” mahallalarida aholi bilan uchrashuv o‘tkazildi.

Uchrashuv davomida mahalla aholisi va “mahalla yettiligi” faollari bilan ochiq muloqot tashkil etildi. Muloqot jarayonida fuqarolarni ijtimoiy qo‘llab-quvvatlash, ko‘p qavatli uylar atrofidagi sanitariya holati, hududlarni obodonlashtirish, muhandislik infratuzilmasining bugungi ahvoli hamda aholining kundalik hayoti bilan bog‘liq boshqa dolzarb masalalar muhokama qilindi.

Shuningdek, aholiga mavjud muammolar yuzasidan mas’ul xizmatlar va mahalliy davlat hokimiyati organlari bilan hamkorlik qilish tartibi bo‘yicha zarur tushuntirishlar berildi.

Uchrashuv davomida ko‘tarilgan masalalar belgilangan tartibda o‘rganish va tegishli choralar ko‘rish uchun mas’ul tashkilotlarga yo‘naltirildi.

Bizni kuzatishda davom eting!

🌐 Telegram

Slide 1 of 1