Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
“Yoshlar kuni” doirasida maktabdagi uchrashuv
янв.21
Ko‘p qavatli uylarda liftlar holati o‘rganildi
янв.21
Navoiy shahridagi sport klubi faoliyati o‘rganildi: rekonstruksiya va modernizatsiya masalalari kun tartibida
янв.21
SUG‘ORISH VA OBODONLASHTIRISH ISHLARI O‘RGANILDI
янв.21
DEPUTAT VA FUQAROLAR UCHRASHUVI O‘TKAZILDI
янв.21
FUQAROLAR MUROJAATLARI JOYDA O‘RGANILDI
янв.21
Ko‘p qavatli uylar va ichki ko‘chalar holati o‘rganildi
янв.21
Navoiy shahridagi 16-sonli maktab faoliyati o‘rganildi
янв.21
Navoiy shahridagi maktabgacha ta’lim muassasasida o‘rganish ishlari olib borildi
янв.21
“Yangi O‘zbekiston qiyofasidagi mahalla”: Navoiyda keng ko‘lamli bunyodkorlik ishlari
Xalq deputatlari Andijon viloyati Kengashi kotibiyati mudiri N.To‘ychiyeva tomonidan Andijon shahri Jumabozor MFY hududida o‘rganish ishlari tashkil etildi. Mazkur o‘rganishda mahalla yoshlar yetakchisi, hokim yordamchisi, ijtimoiy xodim, mahalla raisi hamda shahar Kengashi kotibiyati mudiri B.Mo‘ydinov faol ishtirok etdi.

#jamoatchilik_nazorati #deputatlik_faoliyati #Andijon_shahar #24_tavsiya 

Xalq deputatlari Andijon viloyati Kengashi kotibiyati mudiri N.To‘ychiyeva tomonidan Andijon shahri Jumabozor MFY hududida o‘rganish ishlari tashkil etildi. Mazkur o‘rganishda mahalla yoshlar yetakchisi, hokim yordamchisi, ijtimoiy xodim, mahalla raisi hamda shahar Kengashi kotibiyati mudiri B.Mo‘ydinov faol ishtirok etdi.

O‘rganish jarayonida mahallada yoshlar bilan ishlash tizimi batafsil ko‘zdan kechirildi. Xususan, yoshlar yetakchisi tomonidan amalga oshirilayotgan ishlar — yoshlar bandligini ta’minlash, ularni kasb-hunarga yo‘naltirish, tadbirkorlikka jalb etish hamda bo‘sh vaqtlarini mazmunli tashkil etish borasidagi tashabbuslar tahlil qilindi. Ayrim ijobiy natijalar bilan bir qatorda, mavjud muammolar va yechimini kutayotgan masalalar ham ochiq muhokama etildi.

Shuningdek, “mahallabay” va “yoshlarbay” ishlash tizimi doirasida yoshlar bilan manzilli ishlash, ularning qiziqishlari, ehtiyojlari va muammolarini aniqlash hamda tezkor yechimlar topish bo‘yicha olib borilayotgan ishlar samaradorligiga alohida e’tibor qaratildi. Yoshlar bilan bevosita muloqotlar o‘tkazilib, ularning fikr va takliflari tinglandi.

Uchrashuv yakunida mas’ullarga ish samaradorligini yanada oshirish, ayniqsa, ishsiz yoshlarni band qilish, ularni zamonaviy kasb-hunarlarga o‘qitish, startap va loyihalarni qo‘llab-quvvatlash, shuningdek, ijtimoiy himoyaga muhtoj yoshlar bilan individual ishlashni kuchaytirish yuzasidan aniq vazifalar belgilab berildi. Bu kabi o‘rganishlar hududlarda yoshlar siyosatini yanada takomillashtirish va amaliy natijadorlikni oshirishga xizmat qilishi ta’kidlandi.

Slide 1 of 3