Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
“Yoshlar kuni” doirasida maktabdagi uchrashuv
янв.21
Ko‘p qavatli uylarda liftlar holati o‘rganildi
янв.21
Navoiy shahridagi sport klubi faoliyati o‘rganildi: rekonstruksiya va modernizatsiya masalalari kun tartibida
янв.21
SUG‘ORISH VA OBODONLASHTIRISH ISHLARI O‘RGANILDI
янв.21
DEPUTAT VA FUQAROLAR UCHRASHUVI O‘TKAZILDI
янв.21
FUQAROLAR MUROJAATLARI JOYDA O‘RGANILDI
янв.21
Ko‘p qavatli uylar va ichki ko‘chalar holati o‘rganildi
янв.21
Navoiy shahridagi 16-sonli maktab faoliyati o‘rganildi
янв.21
Navoiy shahridagi maktabgacha ta’lim muassasasida o‘rganish ishlari olib borildi
янв.21
“Yangi O‘zbekiston qiyofasidagi mahalla”: Navoiyda keng ko‘lamli bunyodkorlik ishlari
Xalq deputatlari Andijon viloyati Kengashi kotibiyati mudiri, viloyat Kengashi deputati N.To‘ychiyeva hamda Andijon shahar Kengashi kotibiyati mudiri B.Mo‘ydinov ishtirokida Jumabozor MFY hududidagi Matqosimov ko‘chasida joylashgan yo‘lning holati bevosita joyiga chiqib o‘rganildi.

#jamoatchilik_nazorati #deputatlik_faoliyati #Andijon_shahar #24_tavsiya 

Xalq deputatlari Andijon viloyati Kengashi kotibiyati mudiri, viloyat Kengashi deputati N.To‘ychiyeva hamda Andijon shahar Kengashi kotibiyati mudiri B.Mo‘ydinov ishtirokida Jumabozor MFY hududidagi Matqosimov ko‘chasida joylashgan yo‘lning holati bevosita joyiga chiqib o‘rganildi.

O‘rganish davomida mazkur hududdagi yo‘l infratuzilmasi bugungi talablar darajasiga javob bermasligi, ayniqsa yomg‘irli kunlarda fuqarolar harakati uchun jiddiy noqulayliklar tug‘dirayotgani aniqlandi. Mahalla aholisi tomonidan yo‘lning uzoq yillardan beri ta’mirtalab holatda ekanligi, bu esa transport qatnovi va piyodalar xavfsizligiga salbiy ta’sir ko‘rsatayotgani ta’kidlab o‘tildi.

Shu bilan birga, Andijon shahar qurilish sohasi mutasaddilari hamda tegishli tashkilot vakillari ishtirokida muammo atroflicha muhokama qilinib, mavjud kamchiliklar joyida tahlil qilindi. Mutasaddilar tomonidan yo‘lni kapital ta’mirlash, zamonaviy talablar asosida asfaltlash hamda drenaj tizimini yaxshilash bo‘yicha aniq rejalar ishlab chiqilayotgani bildirildi.

Ma’lum qilinishicha, mazkur hududda ta’mirlash ishlari yaqin kunlarda boshlanishi rejalashtirilgan bo‘lib, bu nafaqat fuqarolar uchun qulaylik yaratadi, balki mahalla infratuzilmasini yanada rivojlantirishga xizmat qiladi.

Slide 1 of 4