Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
“Yoshlar kuni” doirasida maktabdagi uchrashuv
янв.21
Ko‘p qavatli uylarda liftlar holati o‘rganildi
янв.21
Navoiy shahridagi sport klubi faoliyati o‘rganildi: rekonstruksiya va modernizatsiya masalalari kun tartibida
янв.21
SUG‘ORISH VA OBODONLASHTIRISH ISHLARI O‘RGANILDI
янв.21
DEPUTAT VA FUQAROLAR UCHRASHUVI O‘TKAZILDI
янв.21
FUQAROLAR MUROJAATLARI JOYDA O‘RGANILDI
янв.21
Ko‘p qavatli uylar va ichki ko‘chalar holati o‘rganildi
янв.21
Navoiy shahridagi 16-sonli maktab faoliyati o‘rganildi
янв.21
Navoiy shahridagi maktabgacha ta’lim muassasasida o‘rganish ishlari olib borildi
янв.21
“Yangi O‘zbekiston qiyofasidagi mahalla”: Navoiyda keng ko‘lamli bunyodkorlik ishlari
Deputat tashabbusi — aholi salomatligi yo‘lida amaliy qadam

Deputat tashabbusi — aholi salomatligi yo‘lida amaliy qadam

Xalq deputatlari Nurobod tuman Kengashi deputati N.Norqarayev tomonidan ilgari surilgan deputat so‘rovi ijrosini ta’minlash maqsadida tumanda yana bir muhim ijtimoiy tashabbus hayotga tatbiq etildi. Jumladan, tuman sog‘liqni saqlash bo‘limi tomonidan tumanning olis Ag‘ron va Navbahor mahallalari aholisi uchun bepul sayyor tibbiy ko‘rik tashkil etilib, aholining salomatligini mustahkamlash yo‘lida amaliy ishlar olib borildi.

Mazkur sayyor tibbiy ko‘rik davomida hudud aholisiga yuqori malakali shifokorlar tomonidan sifatli tibbiy xizmatlar ko‘rsatildi. Fuqarolar umumiy tibbiy ko‘rikdan o‘tkazilib, ularning sog‘lig‘i chuqur tahlil qilindi. Har bir bemorga individual yondashilgan holda, aniqlangan kasalliklar bo‘yicha batafsil tavsiyalar berildi, zarur hollarda esa davolanishni tashkil etish yuzasidan aniq chora-tadbirlar belgilab olindi.

Ayniqsa, chekka hududlarda yashovchi fuqarolar uchun bunday sayyor xizmatlarning tashkil etilishi katta qulaylik yaratdi. Tibbiy muassasalarga borish imkoniyati cheklangan aholi uchun shifokorlarning o‘zlari kelib xizmat ko‘rsatishi insonparvarlik va g‘amxo‘rlikning yorqin ifodasi bo‘ldi.

Tadbr davomida nafaqat mavjud kasalliklarni aniqlash, balki ularning oldini olish, sog‘lom turmush tarzini targ‘ib qilish, to‘g‘ri ovqatlanish va gigiyena qoidalariga rioya etish bo‘yicha ham keng tushuntirish ishlari olib borildi. Bu esa aholining sog'lom turmush tarzi madaniyatini oshirishda muhim omil bo‘lib xizmat qilmoqda.

Deputat so‘rovi asosida tashkil etilgan bu kabi sayyor tibbiy ko‘riklar aholi salomatligini mustahkamlash, kasalliklarning erta oldini olish hamda tibbiy xizmatlar sifatini yanada oshirishda muhim ahamiyat kasb etadi. Eng muhimi, bu — inson qadri, uning sog‘ligi va farovon hayotini ta’minlash yo‘lida olib borilayotgan izchil islohotlarning amaliy ifodasidir.

Slide 1 of 9