Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
“Yoshlar kuni” doirasida maktabdagi uchrashuv
янв.21
Ko‘p qavatli uylarda liftlar holati o‘rganildi
янв.21
Navoiy shahridagi sport klubi faoliyati o‘rganildi: rekonstruksiya va modernizatsiya masalalari kun tartibida
янв.21
SUG‘ORISH VA OBODONLASHTIRISH ISHLARI O‘RGANILDI
янв.21
DEPUTAT VA FUQAROLAR UCHRASHUVI O‘TKAZILDI
янв.21
FUQAROLAR MUROJAATLARI JOYDA O‘RGANILDI
янв.21
Ko‘p qavatli uylar va ichki ko‘chalar holati o‘rganildi
янв.21
Navoiy shahridagi 16-sonli maktab faoliyati o‘rganildi
янв.21
Navoiy shahridagi maktabgacha ta’lim muassasasida o‘rganish ishlari olib borildi
янв.21
“Yangi O‘zbekiston qiyofasidagi mahalla”: Navoiyda keng ko‘lamli bunyodkorlik ishlari
Xalq deputatlari Shovot tumani Kengashi deputati Kariyev Mansur Omongeldiyevich tomonidan O‘simliklar karantini va himoya agentligi Shovot tumani bo‘limiga deputat so‘rovi yuborildi.

Unda tuman hududidagi markaziy va ichki ko‘chalar, shuningdek, istirohat bog‘lari va “Xotira maydoni”da daraxt hamda butalarda zararli hasharotlar ko‘payib ketgani, natijada yashil hududlarga zarar yetayotgani qayd etilgan. Mazkur muammo uzoq vaqtdan buyon saqlanib kelayotganiga qaramay, mas’ul tashkilotlar tomonidan yetarli choralar ko‘rilmayotgani ta’kidlangan.

Shu munosabat bilan mas’ul tashkilotdan vaziyatni zudlik bilan o‘rganish, zararkunandalarga qarshi kechiktirib bo‘lmaydigan choralar ko‘rish hamda amalga oshirilgan ishlar yuzasidan belgilangan tartibda axborot taqdim etish so‘ralgan.