Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Xalq deputatlari Navoiy shahar Kengashi deputati Ismatov Muhammad Rustam o‘g‘li mahallalarda o‘rganish ishlarini olib bordi
янв.21
Deputat maktabdagi to‘garaklar faoliyati va yaratilgan sharoitlar bilan tanishdi
янв.21
Xalq deputatlari Navoiy shahar Kengashi deputati Poleshuk Natalya Valerevna mahalla fuqarolari bilan uchrashdi
янв.21
Xalq deputatlari Navoiy shahar Kengashi deputati M. Kalonov: “Men ham deputat bo‘laman” — yoshlar bilan ochiq muloqot
янв.21
NAVOIY SHAHRIDA AHOLIGA O‘Z VAQTIDA SIFATLI TIBBIY XIZMAT KO‘RSATISH HOLATI O‘RGANILDI
янв.21
AHOLIGA TIBBIY XIZMAT KO‘RSATISH SIFATI VA BEPUL BERILADIGAN DORI-DARMONLAR DEPUTATLAR E’TIBORIDA
янв.21
AHOLI MUAMMOLARIGA AMALIY YECHIM
янв.21
Navoiy shahrida maktab sport zali faoliyati ko‘zdan kechirildi
янв.21
“Ishonch” mahallasida o‘rganish ishlari olib borildi
янв.21
XALQ DEPUTATLARI NAVOIY SHAHAR KENGASHINING NAVBATDAGI YIGIRMA BIRINCHI SESSIYASI BO’LIB OʻTDI
Ulug‘bek Rasulov 2026-yilning birinchi choragi bo‘yicha saylovchilarga axborot berdi

#deputat_axboroti #poytaxtdeputatlari #deputatlik_faoliyati

❗️Xalq deputatlari Toshkent shahar Kengashi deputati Ulug‘bek Rasulov 2026-yilning birinchi choragi bo‘yicha saylovchilarga axborot berdi

📍 Xalq deputatlari Toshkent shahar Kengashi deputati Ulug‘bek Rasulov hamda Xalq deputatlari Chilonzor tuman Kengashi deputati Doniyor Isxakov 25-Qatortol saylov okrugiga qarashli “Xalqlar do‘stligi” mahalla fuqarolar yig‘inida aholi bilan uchrashib, 2026-yilning birinchi choragi davomida amalga oshirgan faoliyati yuzasidan batafsil axborot berdi. Uchrashuvda O‘zbekiston Ekologik partiyasi Toshkent shahar Kengashi raisi Sevara Fayziyeva, Chilonzor tuman Kengashi raisi Muqaddas Tursunova, mahalla raisi Svetlana Suhova, mahalla yettiligi a’zolari, faollar, nuroniylar hamda uy va ko‘cha boshilari ishtirok etdi.

🗣 Deputatlar o‘z axborotida hisobot davrida aholi murojaatlarini o‘rganish, ularni tizimli hal etish, hudud infratuzilmasini yaxshilash va ijtimoiy muammolarni bartaraf etish borasida amalga oshirilgan ishlar haqida ma’lumot berdi. Ta’kidlanganidek, 2026-yilning birinchi choragi davomida deputatlar Xalq deputatlari Toshkent shahar va tuman Kengashlari sessiyalarida hamda doimiy komissiyalar yig‘ilishlarida faol ishtirok etib, poytaxtni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish, mahallalarni obodonlashtirish, kommunal xizmatlar sifatini oshirish hamda fuqarolar murojaatlarini tizimli hal etishga qaratilgan masalalar yuzasidan o‘z takliflarini ilgari surdi hamda qabul qilingan qarorlar ijrosi ustidan deputatlik nazoratini olib bordi.

📉 Uchrashuv davomida hududdagi dolzarb masalalar, jumladan chiqindilarni o‘z vaqtida olib chiqish tizimini takomillashtirish, noqonuniy qurilishlarning oldini olish, bolalar maydonchalarini tashkil etish, mahalla hududini obodonlashtirish va infratuzilmani yaxshilash kabi yo‘nalishlar muhokama qilindi. Ayrim murojaatlar yuzasidan mas’ul tashkilot vakillari bilan joyida muhokamalar o‘tkazilib, mavjud muammolarni bartaraf etish bo‘yicha aniq chora-tadbirlar belgilandi.

🌀 Shuningdek, deputatlar tomonidan hududdagi muammolarni joyiga chiqib o‘rganish, mas’ul tashkilotlar bilan hamkorlikda ularni bartaraf etish hamda fuqarolar bilan doimiy ochiq muloqotni yo‘lga qo‘yish ustuvor vazifa sifatida belgilab olingani qayd etildi.

🔺 Uchrashuv yakunida fuqarolar tomonidan bildirilgan barcha murojaatlar yuzasidan tegishli tartibda o‘rganish ishlari tashkil etilishi, ularni ijobiy hal etish bo‘yicha mas’ul tashkilotlar bilan hamkorlik olib borilishi hamda deputatlik nazorati o‘rnatilishi alohida ta’kidlandi.

📱 Telegram (https://t.me//poytaxt_deputatlari) 📱 Instagram (https://www.instagram.com/poytaxt_deputatlari) 📱 Facebook (https://www.facebook.com/poytaxtdeputatlari) 📱 YouTube (https://www.youtube.com/@poytaxtdeputatlari) 🔎 E-kengash (https://kengash.gov.uz/news?region_id=14&authority_id=424)

Slide 1 of 7