XALQ DEPUTATLARI NAVOIY SHAHAR KENGASHINING NAVBATDAGI YIGIRMA BIRINCHI SESSIYASI BO’LIB OʻTDI
Sessiya ishida Xalq deputatlari Navoiy shahar Kengashi deputatlari, Navoiy shahar Kengashi raisi va Kengash kotibiyati, aloqador korxona hamda tashkilotlar rahbarlari ishtirok etishdi.
Sessiya kun tartibidan o‘rin olgan har bir masala yuzasidan masʼullarning hisobotlari tinglandi.
Sessiyada kun tartibiga kiritilgan masalalar birma-bir muhokama qilinib, shahar ijtimoiy-iqtisodiy hayotiga oid dolzarb vazifalar yuzasidan deputatlar o‘z fikr va takliflarini bildirishdi.