Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Joriy yilning 4-may kuni xalq deputatlari Navoiy shahar Kengashi deputati A. Mirzayev tomonidan Navoiy shahrining Binokor mahallasida hokim yordamchisining faoliyati o‘rganildi.
янв.21
Navoiy davlat universitetida antikorrupsiyaga bag‘ishlangan davra suhbati bo‘lib o‘tdi
янв.21
NAVOIY SHAHRIDA FXDYO ORGANLARI FAOLIYATI O‘RGANILDI
янв.21
RAHBARLAR HISOBOTI TINGLANDI
янв.21
O‘RGANISH ISHLARI OLIB BORILDI
янв.21
Deputat so‘rovi natija berdi
янв.21
QURILISH ISHLARI O‘RGANILDI
янв.21
"TASHABBUSLI BUDJET" LOYIHALARI O‘RGANILDI
янв.21
AHOLI MUAMMOLARI O‘RGANILDI
янв.21
Navoiy shahar “Istiqlol” MFYda ijtimoiy xizmatlar holati o‘rganildiNavoiy shahar “Istiqlol” MFYda ijtimoiy xizmatlar holati o‘rganildi
Hududlarda muammolar o‘rganilib, manzilli choralar belgilandi

Hududlarda muammolar o‘rganilib, manzilli choralar belgilandi

Xalq deputatlari Yakkasaroy tumani Kengashi kotibiyati bosh mutaxassislari Adashboyev Aziz Ag‘zam o‘g‘li hamda Abdullajonov Dilshod Komiljon o‘g‘li 2-Yozuvchilar saylov okrugi deputati Xasanov Laziz Saydivaliyevich saylangan Bobur nomli mahalla fuqarolar yig‘inida “mahalla yettiligi” a’zolari bilan hamkorlikda hududlarga chiqib, o‘rganish ishlarini amalga oshirdilar.

O‘rganish jarayonida mahalla raisi Sultanov Sharofiddin Yusupovich, hokim yordamchisi Abduraxmanov Shuxratbek Toxirjon o‘g‘li, xotin-qizlar faoli Axmadaliyeva Barnoxon Sharofiddinova, yoshlar yetakchisi Xakimov O‘tkirbek Jo‘raxon o‘g‘li, profilaktika katta inspektori Komilov Shoxruxbek Tursunboy o‘g‘li hamda ijtimoiy xodim Mallayeva Ma’rifat Yuldashevna bilan birgalikda, belgilangan 24 ta tavsiya asosida ko‘chama-ko‘cha yurilib, aholi turmush sharoitlari, mavjud muammolar hamda ehtiyojlari joyida o‘rganildi.

Jumladan, Yakkasaroy tumani Bobur nomli mahall, Abdulla Qahhor ko‘chasi, 54-uy, 13-xonadonda istiqomat qiluvchi fuqaro Tadjiyeva Tursunay Alamovnaning oilaviy sharoiti ham o‘rganildi. Mazkur fuqaro “Ayollar daftari”da ro‘yxatda turgani sababli, homiylik asosida uning xonadoni ta’mirlangani aniqlandi.

O‘rganishlar yakunida fuqaroning oilaviy sharoitini yanada yaxshilash, turmush darajasini ko‘tarish hamda ijtimoiy qo‘llab-quvvatlashni kuchaytirish maqsadida ishchi guruh tomonidan aniq chora-tadbirlar belgilab olindi. Ushbu masalaning ijrosi deputat tomonidan alohida nazoratga olinishi belgilandi.

Slide 1 of 1