🔔Mamlakatimizda yana bir o‘quv yili tugab, umumta’lim maktablarida so‘nggi qo‘ng‘iroq sadolari jarangladi.
🔔 Xalq deputatlari Chinoz tumani Kengashi kotibiyati mudiri A.Baxramov 1-sonli Davlat ixtisoslashtirilgan umumta'lim maktabida "ILM-SAODAT KALITI" shiori ostida o‘tkazilgan "So‘nggi qo‘ng‘iroq" tadbirida ishtirok etib, Prezidentimizning bitiruvchilarga yo‘llagan tabrigini o‘qib eshittirdi.
🔔Shuningdek, bir guruh o‘qituvchilarga va namunali ota-onalarga faxriy yorliq va tashakkurnomalari topshirildi. Tadbirda ishtirok etgan davlat va jamoat tashkilotlari vakillari, ota-onalar va o‘qituvchilar ham bitiruvchilarni tabriklab, ularga kelgusi ish va o‘qishlariga omad va zafarlar tiladilar.