Xalq deputatlari Taxiatosh tumani Kengashi deputati D. Artikov “Naymanko‘l” OFY hududida saylovchilar bilan navbatdagi uchrashuvni o‘tkazdi.
🤝 Samimiy va ochiq muloqot ruhida o‘tgan uchrashuvda fuqarolarning murojaatlari tinglanib, ularni qiynab kelayotgan masalalar atroflicha muhokama qilindi.
🚧 Ayniqsa, hududdagi ichki yo‘llarning holati aholini tashvishga solayotgani qayd etildi. Ushbu muammoni hal etish maqsadida tegishli tashkilotlar bilan muzokaralar olib boriladigan bo‘ldi.
📊 Joylardagi muammolarni o‘rganish va ularga amaliy yechim topish — deputatlik faoliyatining muhim yo‘nalishlaridan biridir.
✅ Aholi roziligi — eng muhim natija!