Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
“Guliston” mahallasida jinoyatchilikka qarshi kurash holati o‘rganildi
янв.21
Ichki yo‘laklardagi muammo deputat tomonidan o‘rganildi
янв.21
Ziyokor mahallasida obodonlashtirish ishlari va muammolar o‘rganildi
янв.21
Joriy yilning 14-mart kuni Xalq deputatlari Navoiy shahar Kengashi deputati J. Hafizov tomonidan Navoiy shahridagi Janubiy mahallasida sayyor qabul tashkil etildi.
янв.21
Saylovchilar bilan ochiq muloqot: mahallalarda hamkorlikni kuchaytirishga e’tibor
янв.21
Xalq deputatlari Navoiy shahar Kengashi deputati, Navoiy davlat universiteti rektori M. Kalonov Dushanbe shahridagi xalqaro forumda ma’ruza qildi
янв.21
Istiqlol MFYda nogironligi mavjud shaxslar uchun yaratilgan imkoniyatlar tahlil qilindi
янв.21
Joriy yilning 12-mart kuni Navoiy shahridagi Hayot MFY binosida hokim va uning o‘rinbosarlari ishtirokida sayyor qabul o‘tkazildi.
янв.21
Joriy yilning 12-mart kuni Xalq deputatlari Navoiy shahar Kengashi deputati, shahar hokimi Dilmurod Ergashev boshchiligida Hayot mahallasi binosida navbatdagi sayyor qabul o‘tkazildi.
янв.21
Deputat fuqarolar bilan uchrashib, umumxalq hasharida faol ishtirok etdi
“Guliston” mahallasida jinoyatchilikka qarshi kurash holati o‘rganildi

“Guliston” mahallasida jinoyatchilikka qarshi kurash holati o‘rganildi

Xalq deputatlari Navoiy shahar Kengashi deputati Boboqand Umarov joriy yilning 17-mart kuni “Guliston” mahallasida bo‘lib, hududdagi jinoyatchilikka qarshi kurashish holatini atroflicha o‘rgandi. Tashrif davomida ayniqsa “qizil” va “sariq” toifaga kiritilgan hududlarda jinoyatchilikni kamaytirish, uning oldini olish hamda mavjud muammolarni bartaraf etish borasida olib borilayotgan ishlar tahlil qilindi.O‘rganish jarayonida mahalla faollari, profilaktika inspektorlari, ichki ishlar organlari hamda boshqa mutasaddi tashkilotlar vakillari ishtirokida uchrashuv o‘tkazildi. Unda hududda sodir etilayotgan huquqbuzarliklarning sabablari, ularni keltirib chiqarayotgan ijtimoiy omillar hamda mavjud kamchiliklar yuzasidan fikr almashildi. Shu bilan birga, jinoyatchilikni kamaytirish bo‘yicha amalga oshirilayotgan profilaktik chora-tadbirlarning samaradorligi ham muhokama qilindi.Deputat Boboqand Umarov tomonidan “qizil” va “sariq” hududlarda yashovchi fuqarolar bilan ham individual suhbatlar o‘tkazildi. Suhbatlar davomida aholining muammolari, ayniqsa ishsizlik, ijtimoiy himoya, yoshlar tarbiyasi va bo‘sh vaqtini mazmunli tashkil etish masalalari o‘rganildi. Fuqarolar tomonidan bildirilgan taklif va murojaatlar tegishli tartibda qayd etilib, ularni hal etish yuzasidan mas’ullarga aniq topshiriqlar berildi. Shuningdek, hududda jinoyatchilikning oldini olishda aholining huquqiy ongi va madaniyatini yuksaltirish, yoshlar o‘rtasida huquqbuzarliklarning oldini olish, ularni kasb-hunarga yo‘naltirish va bandligini ta’minlash muhim ahamiyat kasb etishi alohida ta’kidlandi. Yakunda deputat tomonidan mutasaddi tashkilotlarga profilaktik ishlarni yanada kuchaytirish, ayniqsa muammoli hududlarda tizimli va manzilli choralar ko‘rish yuzasidan tegishli tavsiyalar berildi. Kelgusida bu yo‘nalishdagi ishlarni izchil davom ettirish, hamkorlikni kuchaytirish hamda har bir hudud kesimida aniq natijalarga erishish zarurligi qayd etildi.

Slide 1 of 5