Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
XALQ DEPUTATLARI NAVOIY SHAHAR KENGASHI RAISI TOMONIDAN “YOSHLIK” MAHALLASIDA FUQAROLAR BILAN UCHRASHUV O‘TKAZILDI
янв.21
Xalq deputatlari Navoiy shahar Kengashi deputati M. Kalonov ishtirokida yoshlar bilan ochiq muloqot tashkil etildi.
янв.21
TEZ TIBBIY YORDAM VA OBODONLASHTIRISH ISHLARI HOLATI O‘RGANILDI
янв.21
Nogironligi bo‘lgan fuqarolar uchun yangi uy-joylar ajratilmoqda
янв.21
Janubiy MFYda tibbiy xizmat sifati o‘rganildi
янв.21
ISTIROHAT BOG‘I HUDUDIDA KENG KO‘LAMLI OBODONCHILIK ISHLARI BOSHLANDI
янв.21
Navoiy shahridagi liftlar holati o‘rganildi
янв.21
Navoiy Davlat Universitetida Navro‘z bayrami yuqori saviyada nishonlandi
янв.21
“Navro‘zni ulug‘lash – insonni ulug‘lashdir” shiori ostida harbiy-sport musobaqasi o‘tkazildi
янв.21
“Guliston” mahallasida jinoyatchilikka qarshi kurash holati o‘rganildi
Yuksalish mahallasida yana bir ijobiy yangilik

 

Xalq deputatlari Xo‘jaobod tuman Kengashiga 7-So‘qaloq saylov okrugidan saylangan deputat Mamataliyev Abdurashid Akyulovich tashabbusi bilan Yuksalish mahallasida muhim va amaliy ahamiyatga ega yangilik joriy etildi. Kengash kotibiyati mutaxassislari tomonidan deputat faoliyatini o‘rganish jarayonida mazkur hududda amalga oshirilgan ishlar bilan yaqindan tanishildi. Hududda tozalik va obodonchilikni ta’minlash maqsadida ko‘chalarga chiqindilarni tashlash uchun maxsus qutilar o‘rnatildi. Мazkur tashabbus natijasida mahallada chiqindilarni tartibli yig‘ish va olib chiqish tizimi yo‘lga qo‘yilib, ko‘chalar tozaligi va obodonligi sezilarli darajada oshishi kutilmoqda. Eng muhimi, fuqarolarning ekologik madaniyatini yuksaltirish, tozalikka bo‘lgan mas’uliyatini kuchaytirishda ham bu tashabbus muhim ahamiyat kasb etadi. Bunday ezgu va amaliy tashabbuslar mahallalarni yanada obod, toza va yashash uchun qulay maskanga aylantirishda muhim qadam bo‘lib xizmat qiladi. 

Slide 1 of 4