Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
TEZ TIBBIY YORDAM VA OBODONLASHTIRISH ISHLARI HOLATI O‘RGANILDI
янв.21
Nogironligi bo‘lgan fuqarolar uchun yangi uy-joylar ajratilmoqda
янв.21
Janubiy MFYda tibbiy xizmat sifati o‘rganildi
янв.21
ISTIROHAT BOG‘I HUDUDIDA KENG KO‘LAMLI OBODONCHILIK ISHLARI BOSHLANDI
янв.21
Navoiy shahridagi liftlar holati o‘rganildi
янв.21
Navoiy Davlat Universitetida Navro‘z bayrami yuqori saviyada nishonlandi
янв.21
“Navro‘zni ulug‘lash – insonni ulug‘lashdir” shiori ostida harbiy-sport musobaqasi o‘tkazildi
янв.21
“Guliston” mahallasida jinoyatchilikka qarshi kurash holati o‘rganildi
янв.21
Ichki yo‘laklardagi muammo deputat tomonidan o‘rganildi
янв.21
Ziyokor mahallasida obodonlashtirish ishlari va muammolar o‘rganildi
Xalq deputatlari Boyovut tumani Kengashi

Aholi o‘rtasida milliy qadriyatlar, urf-odat va an’analarni asrab-avaylash, sog‘lom ijtimoiy-ma’naviy muhitni mustahkamlash hamda to‘y-marosimlarni ortiqcha dabdaba va isrofgarchiliklarsiz, ixcham tarzda o‘tkazish madaniyatini targ‘ib etish maqsadida uchrashuv tashkil etildi.

Unda tuman deputati Umurzoq Yarlakabov, mahalla faollari, nuroniylar hamda otinoyilar ishtirok etib, mazkur masalalarning dolzarbligi atroflicha muhokama qilindi. Uchrashuv davomida aholiga milliy an’analarimizning asl mazmun-mohiyatini yetkazish, oilaviy marosimlarni me’yor asosida o‘tkazish hamda ortiqcha xarajatlarning oldini olish yuzasidan tushuntirish ishlari olib borish zarurligi ta’kidlandi.

Shuningdek, ushbu yo‘nalishda targ‘ibot ishlarini yanada kuchaytirish, aholining turli qatlamlari o‘rtasida keng tushuntirish ishlarini tashkil etish bo‘yicha kelishuvlarga erishildi.

Slide 1 of 3