Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
NAVBATDAGI SAYYOR QABULI TASHKIL ETILDI
янв.21
Prezident selektori belgilagan vazifalar: Navoiy shahrida ijro va mas’uliyat
янв.21
O‘zbekiston–2030 strategiyasi: Navoiy shahri taraqqiyotining yangi bosqichi
янв.21
Deputat va fuqarolar uchrashuvi: ochiqlik va hamkorlik ruhida
янв.21
Joriy yilning 19 yanvar kuni Xalq deputatlari Navoiy shahar Kengashi “O‘zbekiston – 2030” strategiyasini takomillashtirishning mazmun-mohiyati va uning amaliy ahamiyati yuzasidan muhokama yig‘ilishi o‘tkazildi
янв.21
NAZORAT
янв.21
Xalq deputatlari Navoiy shahar Kengashi deputati J. Hafizov saylovchilar bilan uchrashuv o‘tkazdi
янв.21
2025-yil SARHISOBI
янв.21
Navoiy shahar Bunyodkor mahallasi hamda Navoiy Teri-tanosillar kasalxonasida “Korrupsiyaga qarshi kurashish – halollik va mas’uliyat asosida!” mavzusida targ‘ibot tadbirlari olib borildi.
янв.21
Navoiy shahar Farovon mahallasi hamda Navoiy shahar 22-sonli maktab ta’lim muassasasida “Korrupsiyaga qarshi kurashish – halollik va mas’uliyat asosida!” mavzusida targ‘ibot tadbirlari olib borildi.
21-May kuni Xalq deputatlari Baxmal tumani Kengashining yetmish uchinchi sessiyasi bo‘lib o‘tdi

 21-May kuni Xalq deputatlari Baxmal tumani Kengashining yetmish uchinchi sessiyasi bo‘lib o‘tdi, sessiyada Tuman sektorlar rahbarlari,Baxmal tumanidagixalq qabulxonasi mudiri hamda kun tartibidagi masalalarga aloqador tashkilot rahbarlari, tumandan saylangan viloyat Kengashi deputati Qazakova Gulsanam Yaxshiliqovna, tuman Kengashi deputatlari qatnashdi.

Sessiya kun tartibidagi masala yuzasidan dastlab deputatlar Sektor rahbarlarining aholi bandligini ta’minlash, kam ta’minlangan oilalarni kambag‘allik darajasidan chiqarish, doimiy yashash joyidan uzoq muddatga chiqib ketgan fuqarolar bilan ishlash, “Sayxunobod tajribasi”ni joriy etish, aholi kayfiyatiga salbiy ta’sir etuvchi omillarni bartaraf etish, “mahalla yettiligi” faoliyatini samarali tashkil etish va ular-ning ma’suliyatini oshirish yuzasidan hisobotlari eshitildi. Sektorlar rahbarlari tomonidan aholi bandligi-ni ta’minlash, tadbirkorlikni rivojlantirish, yangi ish o‘rinlarini yaratish, huquqiy madaniyatni yuksaltirish, korrupsiyani oldini olishga qaratilgan amaliy chora-tadbirlarni kuchaytirish hamda ushbu yo‘nalishda tumandagi barcha korxona va tashkilotlar, mahallalar, ta’lim muassasalarida targ‘ibot tadbirlarini o‘tkazishga alohida e’tibor qaratish kabi bir qator vazifalar belgilab olindi. O‘tkazilgan sessiya davomida deputatlar sessiya kun tartibiga qo‘yilgan masalalar yuzasidan fikr mulohazalarini bildirib o‘tdilar.

Sessiya yakunida kun tartibidagi masalalar yuzasidan tuman Kengashi deputatlari tomonidan bildiril-gan fikr va mulohazalarni inobatga olgan holda tegishli qarorlar qabul qilindi.

Slide 1 of 7