Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Deputat va fuqarolar uchrashuvi: ochiqlik va hamkorlik ruhida
янв.21
Joriy yilning 19 yanvar kuni Xalq deputatlari Navoiy shahar Kengashi “O‘zbekiston – 2030” strategiyasini takomillashtirishning mazmun-mohiyati va uning amaliy ahamiyati yuzasidan muhokama yig‘ilishi o‘tkazildi
янв.21
NAZORAT
янв.21
Xalq deputatlari Navoiy shahar Kengashi deputati J. Hafizov saylovchilar bilan uchrashuv o‘tkazdi
янв.21
2025-yil SARHISOBI
янв.21
Navoiy shahar Bunyodkor mahallasi hamda Navoiy Teri-tanosillar kasalxonasida “Korrupsiyaga qarshi kurashish – halollik va mas’uliyat asosida!” mavzusida targ‘ibot tadbirlari olib borildi.
янв.21
Navoiy shahar Farovon mahallasi hamda Navoiy shahar 22-sonli maktab ta’lim muassasasida “Korrupsiyaga qarshi kurashish – halollik va mas’uliyat asosida!” mavzusida targ‘ibot tadbirlari olib borildi.
янв.21
Bahor mahallasida hamda Navoiy shahar 31-sonli maktabgacha ta’lim muassasasida 18-dekabr kuni o‘tkazilgan tadbirlar yuzasidan.
янв.21
PF–71-sonli farmon ijrosi doirasida sayyor qabul o‘tkazildi
янв.21
Kimyogar mahallasida aholi salomatligi uchun amaliy qadamlar
Kattaqo'rg'on tumanida “Mahalla yettiligi” bilan oʻzaro hamkorligini yoʻlga qoʻyish chora-tadbirlari toʻgʻrisida

O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining 2024-yil 4-apreldagi “Mahallalardagi muammolarni hal etishda xalq deputatlari mahalliy Kengashlari deputatlari va senatorlarning “Mahalla yettiligi” bilan o‘zaro hamkorligini yo‘lga qo‘yish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi KQ-706-IV-son qarori ijrosini ta’minlash maqsadida xalq deputatlari Kattaqo‘rg‘on tuman Kengashining 26-Suvxovuzi saylov okrugiga kiruvchi “Kumushqirg‘oq” MFYda xotin-qizlar bandligini ta’minlash, ularni tadbirkorlikka jalb etish, yangi ish o‘rinlari yaratish yuzasidan hamkorlik olib borildi. Hozirgi kunda “Kumushqirg‘oq” MFYda 1752 ta xotin-qizlar mavjud bo‘lib, ulardan 95 nafari “Ayollar daftari”gi kiritilgan. Ijtimoiy himoyaga muhtoj xotin-qizlar bandligini ta’minlash maqsadida “Kumushqirg‘ok” MFYda yashovchi 3 nafar fuqarolarning bandligini ta’minlash maqsadida hamkor tashkilotlar mahalladagi hokim yordamchisi, xotin-qizlar faoli, MFY raisi bilan hamkorlikda quyidagi ishlar amalga oshirildi. 26-Suvxovuzi saylov okrugi “Kumushqirg‘oq” MFYda yashayotgan 8 nafar aholi muammolarini o‘rganilib, 2 nafar oilalarda va fuqarolar orasida sog‘lom ijtimoiy-ma’naviy muhitni saqlash yuzasidan suhbatlar tashkil etildi. Deputat S.Maxmudova "mahalla yettiligi" bilan hamkorlikni oshirish, tadbirkorlikni rivojlantirish maqsadida quyidagi ishlar amalga oshirdi. Deputat va mahalla hokim yordamchisi I.Shodmonov bilan birgalikda ijtimoiy himoya muhtoj hisoblangan Djurayeva Feruzaga motokultivator olishiga ko‘maklashilib, fuqaro F.Djurayevaninig turmush o‘rtog‘i Jo‘rayev Samariddin aholi xonadonlaridagi yer maydonlariga xizmat ko‘rsatish orqali bandligi ta’minlanib oila doimiy daromad manbayiga ega bo‘ldi. Fuqaro Jo‘rayev Samariddinning kunlik daromadi 200 000 - 250 000 so‘mni tashkil etadi. Shuningdek, "mahalla yettiligi" bilan hamkorlikda fuqaro Mardonova Sarvinozga tadbirkorlik faoliyati yuritish uchun kredit asosida pishiriq pechi olishga ko‘maklashib, S.Mardonova mahalladagi savdo do‘konlariga va aholiga non maxsulotlari, xar xil turdagi shirinliklar pishirib etkazib bermoqda. S.Mardonova pishiriq pechi samarali foydalanib,daromad manbayiga ega bo‘ldi. S.Maxmudova saylov okrugi ududida
o‘rganish jarayonida “Ayollar daftari”ga kiritilgan Axmedova Ro‘zibibi pishiriq pechi olish uchun, Muxammadiyeva Dildora va Hamdamova Madinaning tikuv mashinasi olish uchun extiyoji mavjudligi, Mazkur masala tuman hokimligiga ijobiy hal etish uchun yo‘naltirildi.
Deputat S.Maxmudova va Kumushkirgok MFY yoshlar yetakchisi R.Xudoykulov bilan hamkorlikda olib borilgan ishlar yuzasidan tuman IIBda profilaktik ro‘yxatga olingan Xushvaqtov Laziz G‘ayrat o‘g‘li bilan huquqbuzarlik to‘g‘risida suhbat olib bordi. 

Slide 1 of 11