Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Joriy yilning 4-may kuni xalq deputatlari Navoiy shahar Kengashi deputati A. Mirzayev tomonidan Navoiy shahrining Binokor mahallasida hokim yordamchisining faoliyati o‘rganildi.
янв.21
Navoiy davlat universitetida antikorrupsiyaga bag‘ishlangan davra suhbati bo‘lib o‘tdi
янв.21
NAVOIY SHAHRIDA FXDYO ORGANLARI FAOLIYATI O‘RGANILDI
янв.21
RAHBARLAR HISOBOTI TINGLANDI
янв.21
O‘RGANISH ISHLARI OLIB BORILDI
янв.21
Deputat so‘rovi natija berdi
янв.21
QURILISH ISHLARI O‘RGANILDI
янв.21
"TASHABBUSLI BUDJET" LOYIHALARI O‘RGANILDI
янв.21
AHOLI MUAMMOLARI O‘RGANILDI
янв.21
Navoiy shahar “Istiqlol” MFYda ijtimoiy xizmatlar holati o‘rganildiNavoiy shahar “Istiqlol” MFYda ijtimoiy xizmatlar holati o‘rganildi
DEPUTATLAR NAZORATI "YANGIBOG’" MAHALLASI YETTILIGI FAOLIYATI TAHLIL QILINDI

DEPUTATLAR NAZORATI "YANGIBOG’" MAHALLASI YETTILIGI FAOLIYATI TAHLIL QILINDI

 Xalq deputatlari Jizzax viloyati Kengashi deputati O’.O’rozboyev hamda Xalq deputatlari Baxmal tuman Kengashi deputati A.Zikiryayev o‘zilarining deputatlik faoliyatini belgilangan "24 ta eng muhim yo‘nalish" mezonlari asosida tizimli ravishda davom ettirmoqda.Navbatdagi o‘rganish ishlari "Yangibog’" mahallasida olib borildi.
O‘rganish davomida quyidagi masalalarga alohida e’tibor qaratildi:
Ijtimoiy ko‘mak: "Temir daftar", "Ayollar daftari" va "Yoshlar daftari"ga kiritilgan fuqarolarga ko‘rsatilayotgan amaliy
yordamlar holati;

Bandlik va tadbirkorlik: Hokim yordamchisi tomonidan aholini daromadli mehnatga jalb qilish va tomorqadan samarali foydalanish borasidagi ishlari;
Huquqbuzarlik profilaktikasi: Mahalla hududida "jinoyatchilikdan holi hudud" tamoyilini joriy etishda profilaktika inspektorining yondashuvi;
Infratuzilma muammolari: Ichimlik suvi, elektr energiyasi va ichki yo‘llar holati bo‘yicha aholidan tushgan murojaatlarning ijrosini o’rgandilar.
O‘rganish yakunida aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etish yuzasidan mahalla mas’ullariga tavsiyalar berildi. Aholi tomonidan ko‘tarilgan va joyida hal etish imkoni bo‘lmagan masalalar bo‘yicha deputatlik so‘rovi shakllantirilib, tegishli tashkilotlarga yuborilishi belgilab olindi.

Slide 1 of 4