Joriy yilning 7-may kuni Xalq deputatlari Chinoz tumani Kengashi kotibiyat mudiri A.Baxramov, Xalq qabulxonasi mudiri G‘.Karaboyev, Xalq deputatlari Chinoz tumani Kengashi 7-saylov okrugidan saylangan deputat Sh.Ergashov hamda “Ulug‘vor” MFY “Mahalla yettiligi” mas’ullari bilan birgalikda mahalla aholisining murojaatlarini xonadonbay o‘rganib, sayyor qabul o‘tkazishdi.
O‘rganish jarayonida aholi murojaatlarining aksariyati shu yerning o‘zida ijobiy hal etildi, uzoq vaqt va katta mablag‘lar talab etiladigan murojaatlari bo‘yicha tegishli mutasaddi tashkilot rahbarlariga yo‘naltirildi.