Xalq deputatlari Koson tuman Kengashi deputatlari 9-may–Xotira va qadrlash kunida ishtirok etdilar.
Ikkinchi jahon urushida ko‘p millatli O‘zbekiston xalqi ham haqiqiy jasorat va fidoyilik ko‘rsatib, fashizm ustidan qozonilgan g‘alabaga ulkan hissa qo‘shdi.
Xalqimizning bunday mardlik va matonati, yuksak ma’naviyati barchamizning qalblarimizga cheksiz g‘urur-iftixor bag‘ishlab, farzandlarimizni vatanparvarlik va ajdodlar jasoratiga sadoqat ruhida tarbiyalashda muhim ahamiyat kasb etadi. Tumanda ushbu sanaga bag‘ishlangan tantanali tadbir tuman markazida joylashgan xotira maydonidagi motamsaro ona haykali poyiga gul qo‘yishda tuman Kengashi deputatlari ham ishtirok etishdi