BUKILMAS IRODA TIMSOLI!
Xalqimizga xos bo‘lgan mehr-oqibat, muruvvat va himmat barcha bayramlarimiz singari «Xotira va qadrlash” kuni misolida ham yorqin namoyon bo‘lmoqda.
9-may «Xotira va qadrlash kuni» bayram munosabati bilan tuman hokimi, xalq deputatlari tuman Kengashi raisi S.Xamroyev va tuman Kengashi deputati I.Raximovlar Krevenyuk Anna Ivanovna xonadoniga tashrif buyurildi. Bu yil Anna Ivanovna 91 yoshni qarshiladi. Uning yoshligi mash’um Ikkinchi jahon urushi yillariga to‘g‘ri kelgan. 8 yoshli qizaloq front ortida yuk tashuvchi bo‘lib ishlagan.