Yurtimizda Ikkinchi jahon urushi qatnashchilari berilayotgan e’tibor va rag‘batdan qalblari quvonchga to‘la.
Xususan, Angren shahar "Nurchi" mahallasida istiqomat qilayotgan urush faxriysi Mariya Ovasapova ham Davlatimiz rahbarining ezgu niyatlarga to‘la Tabrigi, qimmatbaho sovg‘a-salomlar va ajratilgan bir martalik pul mablag‘lari uchun cheksiz xursand bo‘ldi.
Toshkent viloyati hokimi Zoyir Mirzaev, Angren shahar hokimi Alisher Rayimov hamda davlat va jamoat tashkilotlari vakillari, harbiylar urush faxriysiga Prezidentimizning bayram tabrigini o‘qib eshittirdi, qimmatbaho sovg‘alarni va bir martalik 20 mln. so‘m miqdorida pul mukofotini tantanali topshirdilar.