Kun tartibidagi masala doirasida 2025-yil davomida shaharda jinoyatchilikni qisqartirish, korrupsiyani oldini olish borasida amalga oshirilgan ishlar, kelib tushgan murojaatlarni ko‘rib chiqish holati, ijro intizomi va samaradorlik masalalari yuzasidan deputatlar tomonidan atroflicha muhokamalar o‘tkazildi. Qaysi turdagi jinoyatlar ko‘payganligi, ularning sabablari va profilaktikasida qanday kamchiliklar mavjudligi muhokama qilindi. Masalan, yoshlar o‘rtasida huquqbuzarliklarning oldini olishga qaratilgan tadbirlarning ta’sirchanligi, oilaviy nizolar va ularning jinoyatchilikka ta’siri kabi masalalar ko‘tarildi.
Komissiya tomonidan kun tartibidagi masala yuzasidan sohada amalga oshirilishi kerak bo'lgan kelgusi ishlar bo'yicha ko'rsatmalar berildi. Yig'ilish yakunida tayyorlangan qaror loyihasi bildirilgan takliflarni inobatga olgan holda tasdiqlanib, navbatdagi sessiya muhokamasiga kiritilishi belgilandi.