Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Joriy yilning 19 yanvar kuni Xalq deputatlari Navoiy shahar Kengashi “O‘zbekiston – 2030” strategiyasini takomillashtirishning mazmun-mohiyati va uning amaliy ahamiyati yuzasidan muhokama yig‘ilishi o‘tkazildi
янв.21
NAZORAT
янв.21
Xalq deputatlari Navoiy shahar Kengashi deputati J. Hafizov saylovchilar bilan uchrashuv o‘tkazdi
янв.21
2025-yil SARHISOBI
янв.21
Navoiy shahar Bunyodkor mahallasi hamda Navoiy Teri-tanosillar kasalxonasida “Korrupsiyaga qarshi kurashish – halollik va mas’uliyat asosida!” mavzusida targ‘ibot tadbirlari olib borildi.
янв.21
Navoiy shahar Farovon mahallasi hamda Navoiy shahar 22-sonli maktab ta’lim muassasasida “Korrupsiyaga qarshi kurashish – halollik va mas’uliyat asosida!” mavzusida targ‘ibot tadbirlari olib borildi.
янв.21
Bahor mahallasida hamda Navoiy shahar 31-sonli maktabgacha ta’lim muassasasida 18-dekabr kuni o‘tkazilgan tadbirlar yuzasidan.
янв.21
PF–71-sonli farmon ijrosi doirasida sayyor qabul o‘tkazildi
янв.21
Kimyogar mahallasida aholi salomatligi uchun amaliy qadamlar
янв.21
Prezident Mirziyoyevning JST Bilan Muzokaralari: Iqtisodiy O‘sish Garovi
#munosabat

Prezident murojaatnomasi – Yangi Oʻzbekiston taraqqiyotining strategik yoʻl xaritasi

Jahondagi murakkab geosiyosiy va iqtisodiy jarayonlar kuchayib borayotgan, islohotlar qat’iyat va aniqlikni talab qilayotgan bir paytda Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyevning Oliy Majlis va xalqimizga yo‘llagan Murojaatnomasi mamlakat taraqqiyoti uchun muhim dasturiy hujjat bo‘ldi.

Mazkur Murojaatnoma faqat o‘tgan yil sarhisobi emas, balki davlat va jamiyat oldida turgan dolzarb vazifalarga aniq javob, kelgusi rivojlanish yo‘nalishlarini belgilab beruvchi strategik yo‘l xaritasi bo‘ldi.

Murojaatnomada 2025-yilda mamlakat iqtisodiy ko‘rsatkichlarida muhim natijalar qayd etilgani ta’kidlandi. Jumladan, mamlakatning yalpi ichki mahsuloti (YAIM) ilk bor 145 milliard AQSH dollaridan oshdi, eksport hajmi sezilarli darajada o‘sdi.

Shu bilan birga, aholi farovonligini oshirish yo‘lida ham salmoqli ishlar amalga oshirildi. Xususan, 715 mingga yaqin xonadon ichimlik suvi bilan ta’minlandi, infratuzilmani yaxshilash bo‘yicha keng ko‘lamli loyihalar hayotga tatbiq etildi.

Murojaatnomada mamlakatning uzoq muddatli iqtisodiy maqsadlari ham aniq belgilab berildi. Xususan, O‘zbekiston iqtisodiyoti hajmini 240 milliard AQSH dollaridan oshirish maqsadi qo‘yilib, bu yangi rivojlanish bosqichiga o‘tish yo‘lida muhim strategik qadam sifatida baholandi.

Tashqi siyosat masalalariga ham alohida e’tibor qaratildi. Hozirgi global geosiyosiy vaziyatda O‘zbekiston barcha davlatlar bilan teng huquqli va konstruktiv munosabatlarni mustahkamlash siyosatini izchil davom ettirishi ta’kidlandi. Yaqin qo‘shni davlatlar bilan do‘stlik va strategik sheriklik munosabatlarini yanada chuqurlashtirish, savdo-iqtisodiy, transport, energetika, ekologiya va ta’lim sohalarida hamkorlikni kengaytirish ustuvor vazifalar sifatida belgilandi.

Prezidentimiz korrupsiyaga qarshi kurashni asosiy vazifalardan biri sifatida ta’kidlab, 2026-yilda ushbu illatga qarshi kompleks chora-tadbirlarni kuchaytirish zarurligini qayd etdi.

Murojaatnoma mamlakat taraqqiyotida yangi bosqichga qadam qo‘yilayotganini yaqqol namoyon etdi. Unda belgilangan maqsad va vazifalar iqtisodiy barqarorlikni mustahkamlash, ijtimoiy sohani izchil rivojlantirish, davlat boshqaruvi samaradorligini oshirish hamda tashqi siyosatda muvozanatni saqlashga qaratilgani bilan ahamiyatlidir.

Umuman aytganda, Murojaatnoma davlat organlari uchun aniq amaliy vazifalarni belgilab bergan dasturiy hujjat bo‘lish barobarida, jamiyatni umumiy maqsadlar atrofida jipslashtirishga xizmat qiladi. Unda ilgari surilgan ustuvor yo‘nalishlar mamlakatning uzoq muddatli taraqqiyotiga xizmat qilishi, islohotlarning izchil va ortga qaytmas tus olishi uchun mustahkam asos yaratadi.