Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Prezident selektori belgilagan vazifalar: Navoiy shahrida ijro va mas’uliyat
янв.21
O‘zbekiston–2030 strategiyasi: Navoiy shahri taraqqiyotining yangi bosqichi
янв.21
Deputat va fuqarolar uchrashuvi: ochiqlik va hamkorlik ruhida
янв.21
Joriy yilning 19 yanvar kuni Xalq deputatlari Navoiy shahar Kengashi “O‘zbekiston – 2030” strategiyasini takomillashtirishning mazmun-mohiyati va uning amaliy ahamiyati yuzasidan muhokama yig‘ilishi o‘tkazildi
янв.21
NAZORAT
янв.21
Xalq deputatlari Navoiy shahar Kengashi deputati J. Hafizov saylovchilar bilan uchrashuv o‘tkazdi
янв.21
2025-yil SARHISOBI
янв.21
Navoiy shahar Bunyodkor mahallasi hamda Navoiy Teri-tanosillar kasalxonasida “Korrupsiyaga qarshi kurashish – halollik va mas’uliyat asosida!” mavzusida targ‘ibot tadbirlari olib borildi.
янв.21
Navoiy shahar Farovon mahallasi hamda Navoiy shahar 22-sonli maktab ta’lim muassasasida “Korrupsiyaga qarshi kurashish – halollik va mas’uliyat asosida!” mavzusida targ‘ibot tadbirlari olib borildi.
янв.21
Bahor mahallasida hamda Navoiy shahar 31-sonli maktabgacha ta’lim muassasasida 18-dekabr kuni o‘tkazilgan tadbirlar yuzasidan.
Xalq deputatlari Boyovut tumani Kengashi

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan AQSHda o‘tkazilgan BMT sammitida ilgari surilgan tashabbus va takliflar bugungi globallashuv davrida xalqimizning manfaatlari, mamlakatimiz taraqqiyoti hamda butun mintaqa barqarorligi uchun muhim ahamiyat kasb etadi. Yurtboshimizning nutqida ilgari surilgan fikrlar xalqaro maydonda O‘zbekistonning tobora ortib borayotgan nufuzi va obro‘sining amaliy isbotidir.

Davlat rahbarimizning barqaror rivojlanish, tinchlik va xavfsizlikni ta’minlash, ekologiya va iqlim o‘zgarishi, yoshlar va ayollarni qo‘llab-quvvatlash kabi global masalalarga oid tashabbuslari nafaqat mamlakatimiz, balki butun dunyo hamjamiyati uchun dolzarb va o‘ta zarurdir.

Shuningdek, sammit doirasida Prezidentning qator davlat rahbarlari bilan uchrashuvlari O‘zbekistonning xalqaro hamkorlikka ochiqligini, barcha bilan teng va manfaatli aloqalarni yo‘lga qo‘yish istagini namoyon etdi. Xorijdagi vatandoshlarimiz bilan uchrashuv esa xalqimizga bo‘lgan yuksak e’tibor va g‘amxo‘rlikning yaqqol ifodasidir.

Deputat sifatida biz davlatimiz rahbari tomonidan ilgari surilayotgan tashabbuslarni to‘liq qo‘llab-quvvatlaymiz. Ushbu tashabbuslar mamlakatimiz taraqqiyotiga yangi imkoniyatlar ochib, xalqimiz farovonligini oshirish, O‘zbekistonni yanada kuchli va obro‘li davlat sifatida ko‘rsatishda muhim omil bo‘lib xizmat qiladi.

Bo‘tayev Akrom Akbaraliyevich

Xalq deputatlari Boyovut tuman Kengashi 4-Farhod saylov okrugi deputati

Slide 1 of 1