Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Deputat va fuqarolar uchrashuvi: ochiqlik va hamkorlik ruhida
янв.21
Joriy yilning 19 yanvar kuni Xalq deputatlari Navoiy shahar Kengashi “O‘zbekiston – 2030” strategiyasini takomillashtirishning mazmun-mohiyati va uning amaliy ahamiyati yuzasidan muhokama yig‘ilishi o‘tkazildi
янв.21
NAZORAT
янв.21
Xalq deputatlari Navoiy shahar Kengashi deputati J. Hafizov saylovchilar bilan uchrashuv o‘tkazdi
янв.21
2025-yil SARHISOBI
янв.21
Navoiy shahar Bunyodkor mahallasi hamda Navoiy Teri-tanosillar kasalxonasida “Korrupsiyaga qarshi kurashish – halollik va mas’uliyat asosida!” mavzusida targ‘ibot tadbirlari olib borildi.
янв.21
Navoiy shahar Farovon mahallasi hamda Navoiy shahar 22-sonli maktab ta’lim muassasasida “Korrupsiyaga qarshi kurashish – halollik va mas’uliyat asosida!” mavzusida targ‘ibot tadbirlari olib borildi.
янв.21
Bahor mahallasida hamda Navoiy shahar 31-sonli maktabgacha ta’lim muassasasida 18-dekabr kuni o‘tkazilgan tadbirlar yuzasidan.
янв.21
PF–71-sonli farmon ijrosi doirasida sayyor qabul o‘tkazildi
янв.21
Kimyogar mahallasida aholi salomatligi uchun amaliy qadamlar
MUNOSABAT

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning Birlashgan Millatlar Tashkiloti Bosh Assambleyasining 80-sessiyasida so‘zlagan nutqi yurtimizning xalqaro maydondagi obro‘-e’tibori, tashqi siyosatdagi dadil pozitsiyasi va kelajakka qat’iy ntilishining yorqin ifodasidir. Avvalo, Prezidentimizning global muammolarga barchani befarq bo‘lmaslikka chaqirishi, BMT faoliyatini yanada samarali qilish, Xavfsizlik Kengashini isloh etish, kelajak uchun paktga sodiqligimizni ta’kidlashi xalqaro hamjamiyatda O‘zbekistonning mustahkam ovozi borligini ko‘rsatdi. Bu yondashuv bizni nafaqat mintaqaviy, balki dunyo miqyosida ham ishonchli hamkor sifatida namoyon etadi. Nutqning eng ta’sirli jihatlaridan biri mamlakatimizda amalga oshirilayotgan islohotlar – kambag‘allikni keskin kamaytirish, ta’lim va sog‘liqni saqlash sohalarida tub o‘zgarishlar qilish, “yashil” energetika va transportni rivojlantirish bo‘yicha erishilgan natijalar va istiqbolli rejalar haqida ochiq gapirilganidir. Prezidentimiz tomonidan “har bir fuqaroning qadri va farovonligi” eng ustuvor maqsad sifatida qayd etilishi – xalqimizning ertangi kuniga bo‘lgan ishonchini yanada mustahkamlaydi. Shuningdek, ayollar va yoshlar masalasiga qaratilgan e’tibor, gender tenglikni ta’minlash, yosh avlodni tinchlik va insoniylik ruhida tarbiyalash tashabbuslari nafaqat mamlakatimiz, balki butun mintaqamiz uchun dolzarb ahamiyat kasb etadi. “Jahon yoshlarining tinchlik sari harakati” tashabbusi O‘zbekistonning xalqaro tinchlikparvar siyosatini yana bir bor namoyon etdi. Prezidentimizning Markaziy Osiyo davlatlari o‘rtasida o‘zaro ishonch, savdo, transport va energetika sohalaridagi hamkorlikni chuqurlashtirish bo‘yicha bergan ma’lumotlari ham alohida e’tiborga loyiq. Bugungi kunda mintaqamiz haqiqatan ham yangi davrni boshdan kechirmoqda va bunda O‘zbekistonning yetakchi o‘rni borligi faxr bilan qayd etildi.

Umuman olganda, bu nutq nafaqat davlatimizning xalqaro maydondagi aniq pozitsiyasini belgilab berdi, balki har bir O‘zbekistonlik uchun faxr-iftixor manbai bo‘ldi. Prezidentimizning qat’iy, xalq manfaatiga tayangan siyosati biz deputatlar uchun ham o‘z faoliyatimizda yangicha yondashuvlar bilan ishlashga, har bir tashabbusni xalqimiz farovonligi yo‘lida izchil davom ettirishga undaydi. Biz deputatlar Prezidentimizning ushbu nutqini mamlakatimiz taraqqiyoti, xalqimizning farovon hayotini ta’minlash va xalqaro hamjamiyatda munosib o‘rin egallash yo‘lidagi keng qamrovli dastur sifatida qabul qilamiz va bu yo‘ldagi sa’y-harakatlarda faol ishtirok etishga tayyormiz.

Xalq deputatlari Sharof Rashidov tuman Kengashi deputati Akbarova Shoira Uktamovna.