Xalq deputatlari Olmaliq shahar Kengashiga 20-saylov okrugidan saylangan deputat Samadov Alisher Usmonovich "Xamza", "Abdulla Qahhor" va "Islom Karimov" mahalla fuqarolari oldida "Mahalla yettiligi" va mas'ul tashkilotlar ishtirokida o'z deputatlik faoliyati yuzasidan axborot berdi. O'tkazilgan uchrashuvda tegishli sohalar bo'yicha taklif va murojaatlar tinglandi va ijrochi tashkilotlarga vazifalar belgilandi.