ARAFA SHUKUHI
✨Yaqinlashib kelayotgan “Arafa” kuni munosabati bilan Xalq deputatlari Navoiy shahar kengashi deputati Xudoyqulova Nargiza Gaybullayevna hamda hamkor tashkilotlar tomonidan ijtimoiy himoyaga muhtoj oilalar holidan xabar olindi.
✨Navoiy shahrining “Bahor” mahallasida istiqomat qiluvchi, e’tibor va ko‘makka muhtoj oilalar holati o‘rganilib, ularga bayram sovg‘alari topshirildi.
✨Mazkur tadbir aholining yuzida quvonch, qalblarida esa e’tibor va g‘amxo‘rlik iliqligini uyg‘otdi. Bunday ezgu tashabbuslar jamiyatda mehr-oqibat, ijtimoiy birdamlik va insonparvarlik tamoyillarining amaldagi ifodasidir.