Xabaringiz bor, Oliy Majlis Senati tomonidan mahalliy Kengashlar faoliyatini rivojlantirish, mahalliy ijro va vakillik hokimiyatining bo‘linishi prinsipi asosida konstitutsiyaviy normalarni joriy etish hamda sohadagi islohotlarni o‘zida aks ettirgan o‘quv seminarlari o‘tkazib kelinmoqda. Bugun, 24-dekabr kuni videokonferensaloqa shaklida o‘z ishini boshlagan navbatdagi o‘quv seminarida xalq deputatlari Toshkent shahar hamda tuman Kengashlari deputatlari ishtirok etdi.