Navbatdagi yalpi majlisda senatorlar bilan mahalliy davlat hokimiyati tizimini takomillashtirishga qaratilgan Qonunni muhokama qilindi.
Qonunga asosan hokimlar bir vaqtning o‘zida tegishli hududdagi xalq deputatlari Kengashiga rahbarlik qilish amaliyoti bekor qilinmoqda.
Mahalliy Kengash raisi vakolatlari kengaytirilib, “Kengash so‘rovi”, “Kengash tekshiruvi” institutlari joriy etiladi hamda hududni rivojlantirishda hokim va mahalliy Kengashning mas’uliyati kuchayadi.
Mazkur Qonun konstitutsiyaviy islohotlarimizning muhim tarkibiy qismi sifatida mahalliy Kengashlarni isloh qilish yo‘lida dadil qadam bo‘ladi