Senat yalpi majlisida Surxondaryo viloyat studiyasidan hududdan saylangan Senatorlar, yoshlar parlamenti a’zolari, xalq deputatlari viloyat Kengashidagi doimiy komissiya raislari, xalq deputatlari tuman (shahar) Kengashlari kotibiyat mudirlari, tegishli mas’ullar va OAV vakillari ishtirok etdi.
Videokonferensaloqa tarzida o‘tkazilgan yalpi majlisni Oliy Majlis Senati Raisi Tanzila Narbayeva olib bordi.
Oliy Majlis Senatining ellik yettinchi yalpi majlisi birinchi ish kunida jami 8 ta masala ko‘rib chiqildi. Majlisning ikkinchi ish kuni ertaga 21-sentabr kuni davom etadi.