Xalq deputatlari Jalaquduq tuman Kengashi deputatlari va "Suvta’minot" MChJ mutasadilaridan iborat ishchi guruh a’zolari "Yaxshilik sari" MChJ vakillari ishtirokida Janubiy Olamushuk shaxarchasi Navoiy va Ittifoq MFY axolisini ichimlik suvi bilan ta’minlash bo‘yicha qilinayotgan ishlar sifati va Kanalizatsiya xizmati holati bilan tanishdilar. Axoli o‘rtasida ichimlik suvini xisoblagichlar orqali xonadonlarga olib kirish bo‘yicha tushuntirish ishlari olib borib, qurilishdagi xato va kamchiliklarni bartaraf etish bo‘yicha MChJ rahbariyatiga tavsiyalar bermoqdalar.