Xalq deputatlari Yangiobod Kengashi raisi, tumani hokimi Ibrohim Qarshiboyev Prezident Shavkat Mirziyoyev rahbarligida kambag‘allikni qisqartirish ishlarini keyingi sifat bosqichiga olib chiqish masalallari muhokamasi bo‘yicha o‘tkazilgan videoselektr yig‘ilishida belgilab berilgan vazifalar ijrosi yuzasidan Yangiobod shaharcha fuqarolar yig‘inida daromadi past oilalarning turmush sharoitlari bilan tanishdi.
Xonadonlarga tashriflar davomida oilalarning muammolari yuzasidan suhbatlashilib, ularning mavjud imkoniyatlari o‘rganilgan holda daromadlarini oshirish, bandligini ta’minlash borasida takliflar berildi va kambag‘allikdan chiqarish choralari kelishib olindi.