Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Халқ депутатлари Навоий вилояти Кенгашининг ўқув-семинари ўтказилди.
янв.21
Ёшлар ва Янги Ўзбекистон: Билим, Инновация ва Масъулият
янв.21
“Ўзбекистон - 2030” стратегиясини такомиллаштиришнинг мазмун-моҳияти ва унинг амалий аҳамияти мавзусида тарғибот тадбири
янв.21
Навоий шаҳридаги вилоят Маънавият ва маърифат марказида — “Туман ва шаҳарларда ер солиғи, ижара тўловлари учун белгиланган қийматларга оширувчи ҳамда камайтирувчи коэффициентларни белгилаш ишларини маҳаллий Кенгашлар депутатларига тушунтиришга бағишланган” семинар
янв.21
Халқ депутатлари Навоий вилояти Кенгашининг навбатдаги олтинчи сессияси бўлиб ўтди.
янв.21
Халқ депутатлари Навоий вилоят Кенгашининг навбатдаги тўртинчи сессияси бўлиб ўтди.
янв.21
Халқ депутатлари вилоят, туман ва шаҳар Кенгашлари депутатлари ҳамда котибият мудирларининг билим ва кўникмаларини янада мустаҳкамлашга қаратилган икки кунлик ўқув семинар
янв.21
Халқ депутатлари вилоят Кенгаши котибияти мудири Ҳамраев Жамолиддин Жумақулович раислигида Хатирчи тумани “Деҳқонобод” маҳалла фуқаролар йиғинида, маҳалла еттилиги иштирокида ишсизликдан ҳоли ҳудудга айлантириш, ишсиз фуқароларни бандлигини таъминлаш бўйича йиғилиш
янв.21
Ўзбекистон Республикаси Давлат мустақиллигининг 33 йиллиги муносабати билан “Бир бўлсак – ягона халқмиз, бирлашсак – Ватанмиз!” шоир остида Навоий вилоятининг Навоий шаҳридаги ҳарбий қисмда Олий Мажлис Сенати ва Ёшлар парламенти аъзолари, ҳарбий хизматчилар ва Қуролли кучлар фахрийлари иштирокида ёшларни ватанпарварлик руҳида тарбиялашга қаратилган тарғибот-ташвиқот тадбири
янв.21
Халқ депутатлари вилоят Кенгаши котибияти мудири Ҳамраев Жамолиддин Жумақулович раислигида Хатирчи тумани “Деҳқонобод” маҳалла фуқаролар йиғинида, маҳалла еттилиги иштирокида ишсизликдан ҳоли ҳудудга айлантириш, ишсиз фуқароларни бандлигини таъминлаш бўйича йиғилиш
Xalq deputatlari Chinoz tumani Kengashining navbatdagi to‘qsoninchi sessiyasi

      Joriy yilning 2-avgust kuni oltinchi chaqiriq Xalq deputatlari Chinoz tumani Kengashining navbatdagi to‘qsoninchi sessiyasi bo‘lib o‘tdi.

Sessiya ishida xalq deputatlari Chinoz tumani Kengashi deputatlari, tuman hokimning o‘rinbosarlari, Xalq deputatlari Chinoz tumani Kengashi kotibiyati xodimlari, tumandagi tegishli bo‘lim va tashkilot rahbarlari hamda ommaviy axborot vositalari vakillari ishtirok etdilar.

Sessiyaga Xalq deputatlari tuman Kengashi deputati Farhod Ibragimov raislik qildi va olib bordi.

Sessiya ishida kun tartibiga kiritilgan quyidagi masalalar ko‘rib chiqildi. 

1. Xalq deputatlari Chinoz tumani Kengashidagi deputatlik o‘rinlari sonini belgilash to‘g‘risida Chinoz tumani Kengashining Sud-huquq masalalari va korrupsiyaga qarshi kurashish bo‘yicha doimiy komissiyasi raisi Sh.Botirovning axboroti eshitildi. 

2. Chinoz tumani saylov komissiyasi a’zoligiga nomzodlarni tavsiya etish to‘g‘risida Xalq deputatlari Chinoz tumani Kengashining Sud-huquq masalalari va korrupsiyaga qarshi kurashish bo‘yicha doimiy komissiyasi raisi Sh.Botirovning axboroti eshitildi. 

3. Chinoz tumani boʻyicha 2024-yil birinchi mavsum tashabbusli byudjet jarayonida g‘olib bo‘lgan loyihalarni o‘z vaqtida va sifatli amalga oshirilishi holati to‘g‘risida Chinoz tuman Iqtisodiyot va moliya bo‘limi boshlig‘i M.Miryusupovning hisoboti eshitildi. 

4. O‘zbekiston mahallalari uyushmasi Chinoz tumani bo‘limi tomonidan Mahallaning ijtimoiy-iqtisodiy muammolarini hal etish jamg‘armasining 2024-yil 2-chorak daromadlari va xarajatlari ijrosi bo‘yicha bajarilgan ishlari to‘g‘risida O‘zbekiston mahallalari uyushmasi Chinoz tumani bo‘limi boshlig‘i Sh.Mamajonovning hisoboti eshitildi. 

5. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 24-noyabrdagi “Sud hujjatlari va boshqa organlar hujjatlarini ijro yetish tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PF-6118-sonli Farmoni ijrosi yuzasidan 2024-yilning 1-yarim yilligida tumanda amalga oshirilgan ishlar to‘g‘risida Majburiy ijro byurosi Chinoz tumani bo‘limi boshlig‘i v.v.b. Sh.Ishonqulovning hisoboti eshitildi.  

6. Chinoz tumanidagi sektorlar, davlat organlari va boshqa tashkilotlarning 2024-yilning 2-choragi yakuni bo‘yicha jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari bilan ishlash holati yuzasidan O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Toshkent viloyati Chinoz tumanidagi Xalq qabulxonasi mudiri G‘.Karaboyevning axboroti eshitildi. 

Shuningdek, kun tartibiga kiritilgan bir qator boshqa masalalar ko‘rib chiqildi. 

Sessiya kun tartibidagi masalalar muhokamasida deputatlar Yigitali Ruzaliyev, Olimjon Dadajonov, Nigora Muxamadiyeva, Shuhrat Ergashov, Ismoil Sodiqov, Olimjon Isoqov, Asqar Baxramovlar so‘zga chiqib, o‘zlarining savol, taklif va fikr-mulohazalarini bildirib o‘tdilar.

Sessiya yakunida kun tartibidagi masalalar yuzasidan tegishli qarorlar qabul qilindi.

Xalq deputatlari Chinoz tumani Kengashi kotibiyati

Slide 1 of 1