Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Халқ депутатлари Навоий вилояти Кенгашининг ўқув-семинари ўтказилди.
янв.21
Ёшлар ва Янги Ўзбекистон: Билим, Инновация ва Масъулият
янв.21
“Ўзбекистон - 2030” стратегиясини такомиллаштиришнинг мазмун-моҳияти ва унинг амалий аҳамияти мавзусида тарғибот тадбири
янв.21
Навоий шаҳридаги вилоят Маънавият ва маърифат марказида — “Туман ва шаҳарларда ер солиғи, ижара тўловлари учун белгиланган қийматларга оширувчи ҳамда камайтирувчи коэффициентларни белгилаш ишларини маҳаллий Кенгашлар депутатларига тушунтиришга бағишланган” семинар
янв.21
Халқ депутатлари Навоий вилояти Кенгашининг навбатдаги олтинчи сессияси бўлиб ўтди.
янв.21
Халқ депутатлари Навоий вилоят Кенгашининг навбатдаги тўртинчи сессияси бўлиб ўтди.
янв.21
Халқ депутатлари вилоят, туман ва шаҳар Кенгашлари депутатлари ҳамда котибият мудирларининг билим ва кўникмаларини янада мустаҳкамлашга қаратилган икки кунлик ўқув семинар
янв.21
Халқ депутатлари вилоят Кенгаши котибияти мудири Ҳамраев Жамолиддин Жумақулович раислигида Хатирчи тумани “Деҳқонобод” маҳалла фуқаролар йиғинида, маҳалла еттилиги иштирокида ишсизликдан ҳоли ҳудудга айлантириш, ишсиз фуқароларни бандлигини таъминлаш бўйича йиғилиш
янв.21
Ўзбекистон Республикаси Давлат мустақиллигининг 33 йиллиги муносабати билан “Бир бўлсак – ягона халқмиз, бирлашсак – Ватанмиз!” шоир остида Навоий вилоятининг Навоий шаҳридаги ҳарбий қисмда Олий Мажлис Сенати ва Ёшлар парламенти аъзолари, ҳарбий хизматчилар ва Қуролли кучлар фахрийлари иштирокида ёшларни ватанпарварлик руҳида тарбиялашга қаратилган тарғибот-ташвиқот тадбири
янв.21
Халқ депутатлари вилоят Кенгаши котибияти мудири Ҳамраев Жамолиддин Жумақулович раислигида Хатирчи тумани “Деҳқонобод” маҳалла фуқаролар йиғинида, маҳалла еттилиги иштирокида ишсизликдан ҳоли ҳудудга айлантириш, ишсиз фуқароларни бандлигини таъминлаш бўйича йиғилиш
CHINOZ TUMANI: DOIMIY KOMISSIYALAR QO‘SMA MAJLISI

2024-yil 1-avgust kuni Xalq deputatlari Chinoz tumani Kengashi doimiy komissiyalarining qo‘shma majlisi bo‘lib o‘tdi. 

Qoʻshma majlisda quyidagi masalalar ko‘rib chiqildi.

Xalq deputatlari Chinoz tumani Kengashidagi deputatlik o‘rinlari sonini belgilash to‘g‘risida;

Chinoz tumani saylov komissiyasi a’zoligiga nomzodlarni tavsiya etish to‘g‘risida Xalq deputatlari Chinoz tumani Kengashining Sud-huquq masalalari va korrupsiyaga qarshi kurashish bo‘yicha doimiy komissiyasi raisi Sh.Botirovning axboroti eshitildi. 

Chinoz tumani boʻyicha 2024-yil birinchi mavsum tashabbusli byudjet jarayonida g‘olib bo‘lgan loyihalarni o‘z vaqtida va sifatli amalga oshirilishi holati to‘g‘risida tuman hokimining moliya-iqtisodiyot va kambag‘allikni qisqartirish masalalari bo‘yicha birinchi o‘rinbosari Z.Sultonov hamda Chinoz tuman Iqtisodiyot va Moliya bo‘limi boshlig‘I M.Miryusupovlarning hisoboti eshitildi. 

O‘zbekiston mahallalari uyushmasi Chinoz tumani bo‘limi tomonidan Mahallaning ijtimoiy-iqtisodiy muammolarini hal etish jamg‘armasining 2024-yil 2-chorak daromadlari va xarajatlari ijrosi bo‘yicha bajarilgan ishlari to‘g‘risida O‘zbekiston mahallalari uyushmasi Chinoz tumani bo‘limi boshlig‘i Sh.Mamajononing hisoboti eshitildi.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 24-noyabrdagi “Sud hujjatlari va boshqa organlar hujjatlarini ijro etish tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PF-6118-sonli Farmoni ijrosi yuzasidan 2024-yilning 1-yarim yilligida tumanda amalga oshirilgan ishlar to‘g‘risida Majburiy ijro byurosi Chinoz tumani bo‘limi boshlig‘i v.v.b Sh.Ishanqulovning hisoboti eshitildi.

Shuningdek, majlisda boshqa masalalar ham ko'rib chiqildi.

Majlis kun tartibidagi masalalar muhokamasida deputatlar Sh.Botirov, O.Dadajonov, K.Shermatova, A.Axmedov, B.Umrzoqov, D.Teshaboyevlar o‘zlarining savol, taklif va fikr-mulohazalarini bildirib o‘tdilar. Doimiy komissiya a’zolari tomonidan bildirilgan fikr-mulohazalarni inobatga olib, Xalq deputatlari Chinoz tumani Kengashining navbatdagi sessiyasi kun tartibiga kiritish to‘g‘risida tegishli qarorlar qabul qilindi.

Xalq deputatlari Chinoz tumani Kengashining Sud-huquq masalalari va korrupsiyaga qarshi kurashish bo‘yicha doimiy komissiyasi raisi Sherzod Botirov

Slide 1 of 1