O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati Kengashining 2024-yil 4-apreldagi “Mahallalardagi muammolarni hal etishda xalq
deputatlari mahalliy Kengashlari deputatlari va senatorlarning “Mahalla yettiligi” bilan o‘zaro hamkorligini yo‘lga qo‘yish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi KQ-706-IV-sonli qarori ijrosini ta'minlash maqsadida 14-Mustaqillik saylov okrugi deputati Nosirova Shoira Narmurodovna o‘z saylov okrugida joylashgan mahallalarda bo‘lib, “Mahalla yettiligi”ning faoliyati bilan yaqindan tanishdi.
Okrug hududida aholi muammolarini hal etish, sog‘lom ijtimoiy-maʼnaviy muhitni saqlash, tadbirkorlikni rivojlantirish, bandlikni
taʼminlash, kambag‘allikni qisqartirish, ayniqsa xotin-qizlarni har tomonlama qo‘llab-quvvatlash va rag‘batlantirish, ularni munosib ish bilan taʼminlash masalalariga alohida eʼtibor qaratildi.