Yangiliklar

Kengashlar

Du
Se
Cho
Pa
Ju
Sha
Yak
16 июн 2026

Xalq deputatlari tuman Kengashi kotibiyati mudiri Z.Qudratov tomonidan 24 ta muhim yo‘nalish doirasida G‘ujbog‘tepa mahallasida hokim yordamchisi faoliyati o‘rganildi.

imgXalq deputatlari tuman Kengashi kotibiyati mudiri Z.Qudratov tomonidan 24 ta muhim yo‘nalish doirasida G‘ujbog‘tepa mahallasida hokim yordamchisi faoliyati o‘rganildi. O‘rganish davomida aholi bandligini ta’minlash, yangi ish o‘rinlari yaratish, tadbirkorlikni rivojlantirish, oilaviy tadbirkorlik loyihalarini qo‘llab-quvvatlash hamda fuqarolarni daromadli mehnat bilan ta’minlash borasida amalga oshirilayotgan ishlar tahlil qilindi. Shuningdek, hokim yordamchisi tomonidan mahallabay ishlash tizimi asosida olib borilayotgan faoliyat, kredit va subsidiyalar ajratilishi, tadbirkorlik tashabbuslarini qo‘llab-quvvatlash hamda fuqarolar murojaatlari bilan ishlash holati o‘rganildi. ✅ O‘rganish yakunida aholi bandligini oshirish, tadbirkorlikni yanada rivojlantirish va mavjud imkoniyatlardan samarali foydalanish yuzasidan tegishli tavsiyalar berildi.

Xalq deputatlari Navbahor tumani Kengashi deputatlariga O'zbekiston Respublikasining muhim qonunlari biriktirib berildi.

imgXalq deputatlari Navbahor tumani Kengashi deputatlariga O'zbekiston Respublikasining muhim qonunlari biriktirib berildi. Maqsad — qonunlarni chuqur o'rganish, aholiga tushuntirish va ularning ijrosini nazorat qilish. ✅ Quyida biriktirilgan qonunlar sohalari: • Bank va kredit sohasi • Tadbirkorlik va byudjet • Transport, investitsiya va turizm • Mulk va raqobat • Xavfsizlik • Sog'liqni saqlash • Mehnat va ijtimoiy himoya • Madaniyat va ma'rifat • Qishloq xo'jaligi va ekologiya • Tabiatni muhofaza qilish • Korupsiyaga qarshi kurashish va boshqalar ‼️ Har bir deputat biriktirilgan qonunlarni o'rganib, aholiga targ'ib qiladi va ijroni nazorat etadi.

#yoshlar_maslahat_guruhi

imgYOSHLAR MASLAHAT GURUHI – KELAJAK BUNYODKORLARINING OVOZI Xalq deputatlari Navbahor tuman Kengashi huzurida tashkil etilgan Yoshlar maslahat guruhi yoshlarning ijtimoiy-siyosiy faolligini oshirish, ularning tashabbuslarini qo‘llab-quvvatlash hamda jamiyat hayotidagi ishtirokini kengaytirishga xizmat qilmoqda. Mazkur guruh orqali yoshlar normativ-huquqiy hujjatlar loyihalarini muhokama qilishda, Kengash doimiy komissiyalari faoliyatida, hududlardagi muammolarni o‘rganish va ularni hal etish bo‘yicha takliflar ishlab chiqishda faol qatnashmoqda. Shuningdek, Yoshlar parlamenti bilan hamkorlik yo‘lga qo‘yilib, turli forumlar tashkil etilmoqda. Yoshlar maslahat guruhi – bu tashabbus, mas’uliyat va kelajak sari dadil qadamdir. Bugungi faol yoshlar ertangi taraqqiyot bunyodkorlaridir!