Termiz davlat universitetida O‘zLiDeP Surxondaryo viloyati Kengashi deputati G. Kravchenya, Termiz shahar Kengashi deputatlari Sh.Allamurodova, X.Xolmo‘minov, apparat-rahbari A.Tangirovlar, partiyaning “Ayollar qanoti” hamda “Yoshlar qanoti” vakillari ishtirokida shu nomli tadbir tashkil etildi.
Tadbir davomida universitet talaba-yoshlariga bugungi kunda Oliy Majlis Qonunchilik palatasida faoliyat yuritayotgan Yoshlar parlamenti, uning faol a’zolari ilgari surayotgan loyihalar haqida ma’lumot berildi.
Qolaversa, bugun parlamentda xotin-qizlarning o‘rni kengayib borayotgani, xususan, ularning soni Birlashgan Millatlar Tashkiloti tomonidan belgilangan tavsiyalarga mos darajaga yetgani haqida so‘z yuritildi.
Uchrashuvda yoshlarning taklif va fikr-mulohazalari tinglandi.