Xalq deputatlari Jalaquduq tuman Kengashi deputatlari tomonidan “Kambag`allikdan farovonlik sari” dasturi doirasida bir qator ishlar amalga oshirilib kelinmoqda.
5-Qo`shterak saylov okrugidan Xalq deputatlari Jalaquduq tuman Kengashi deputati Xolmurodova
Odinaxon Qo`shtepa MFY yettiligi bilan “Kambag`allikdan-farovonlik sari” dasturi doirasida mahalla yoshlariga tushuntirish ishlarini olib bormoqda.
19-“Teshiktosh” saylov okrugidan Xalq deputatlari Jalaquduq tuman Kengashi deputati Z.G`ofurova G`ayrat MFY Orom ko`chasida yashovchi axoli faollari bilan “Kambag`allikdan- farovonlik sari” dasturi doirasida aholi bilan muloqot o`tkazdi. Deputat suhbat davomida axoliga xonadonlar va ko`chalariga uzum ko`chatlari ekishlik, kelgusida ko`chalarga ham uzum so`kichaklari qilinishi to`g`risida suhbatlashdi.
Shuningdek, Jalaquduq tuman kengashi deputati Z.G`ofurova G`ayrat MFY yettiligi bilan ijtimoiy
himoyaga muhtoj oila Ro`zimatova Jamilaxonni xonadoniga tashrif buyurib, xonadon egalari bilan gaplashdi. Uyini kadastr xujjatlarini rasmiylashtirish bo`yicha so`ragan kerakli tavsiya va maslaxatlar berildi, kadastr qilish uchun hujjatlar tayorlanmoqda.